NAFAS YETISHMOVCHILIGI HAQIDA BATAFSIL

DO`STLARGA ULASHING:

NAFAS YETISHMOVCHILIGI HAQIDA BATAFSIL

#Nafas_yetishmovchiligi👇

patologik sindrom, qonda gazlar almashinuvi buziladi, o’pka kasalliklarining asorati hisoblanadi. O’tkir va surunkali turlari bor.

#SABABLARI👇

1.Nafas yo’llari obstruktiv kasalliklari (bronxit, bronxiolit, emfizema, bonxial astma)
2.Fiziologik xususiyatlar (semizlik, dorili intoksikatsiya, apnoe) 3.Mushak tonusi buzilishi (distrofiya, poliomiyelit, insult, miasteniya)
4.O’pka to’qimalari travmalari (fibroz, alveoli, nurlanish, kuyish va o’smalar) — Ko’krak qafasi shikastlanishlari.

#BELGILARI👇

1.Sianoz (teri ko’karishi)
2.Xansirash
3.Nafas olish qiyinlashishi
4.Ko’krak qafasida og’riqlar
5.Aritmiya
6.Es-xush buzilishi (kislorod yetarli emas)

#DIAGNOSTIKA👇

1.Qon bioximik tahlili
2.Qon kislota-ishqor balansi ko’rsatkichlari
3.Spirometriya
4.O’pka rentgenologik tekshiruvi
5.O’pka kompyuter tomografiyasi
6.Bronxoskopiya

#DAVOLASH👇

1.Antibiotiklar
2.Bronxolitiklar
3.Kislorodoterapiya
4.Ko’krak qafasi massaji
5.Diuretiklar
6.Bronx sekretsiyasi aspiratsiyasi
7.Ingalyatsiya
8.Davolovchi fizkultura.
9.Birinchi navbatda nafas yetishmovchiligiga olib keluvchi asosiy kasallikni davolash zarur.

#ASORATLARI👇

1.Yurak yetishmovchiligi
2.O’pka gipertenziyasi
3.O’pkali yurak kasalligi
4.Og’ir holatlarda o’lim

#HAVF GURUHI:

1.Ishlab chiqarish joylarida yashovchilar
2.Nafas yo’llari surunkali kasalliklari
3.Chekuvchilar
4.Allergik kasalliklar
5.Zararli ishlab chiqarish xodimlari

#PROFILAKTIKA👇

1.O’pka kasalliklarini vaqtida davolash
2.Allergen, toksik moddalar, ximik moddalar bilan kontakt chegaralash
3.Nafas gimnastikasi
4.Chekishdan saqlanish
5.Faol hayot tarzi