Chaqaloqlarda qorin og’riganda birinchi yordam.

DO`STLARGA ULASHING:

Chaqaloqlarda qorin ogʻrishi tez tez kuzatilib turadi. Odatda ogʻriqlar 3 haftadan boshlanib, 6-8-haftada ogriqlar avj nuqtasiga chiqadi, keyin susaya boshlaydi. 3-oyning oxiri va 4-oy boshlariga kelib yoqoladi. Qorin ogʻrigʻi asosan kunning ikkinchi yarmi va kechasi bezovta qiladi. Oʻgʻriq paytida bola birdan chinqirib yegʻlaydi, orada tinchlangandek boʻladi. Biroz vaqt oʻtgach yana yigʻisi avjiga chiqadi. Yegʻlayotgan paytda oyoqlarini tipirchilatib, tepinib yegʻlaydi. Bugun qorin ogʻrigʻida chaqaloqlarga yordam berish va oldini olish usullari haqida gaplashamiz

Birinchi yordam bu qorinni sekin astalik bilan silash. Bu usul 3 bosqichda bajariladi.
✔️ Qoringa issiq kompress masalan dazmollangan plyonkasini qoyib xonada bir oz kotarib yuring
✔️Oyoqlarini velosaped usulida mashq qildiring yoki oyoqlarini tekis ushlab boshiga biroz tekizing
.
☝️Qorin dam bolishining oldini olish uchun quyidagi tavsiyalarga amal qiling
.
👉Koʻkrakni bolaga toʻgʻri tutish. Oldingi postlarimda ham koʻp bora bu haqda yozganman. Emizish davrida har qanday muammoning asl yechimi bu bolaga koʻkrakni toʻgʻri tutishdir
🍼Chaqalogʻingizni suniy ovqatlantirsangiz, butilkani togri ushlayotganizga ahamiyat bering
👉emayotgan paytida sut bilan birga havo kirishiga yol qoymang
👉emizishdan oldin bola 5-10 daqiqaga qorni bilan yotqizib qoʻying (qornidagi oshiqcha havolar chiqib ketadi💨)
👉emizib boʻlgach bolani tik holatda qolda kotarib turing (kekirib, osqozonidagi havoni chiqarib yuborishi uchun)
👉uxlatayotganda bolani yonboshiga yotqizsangiz qorni dam bolmaydi
👉oʻzingiz ham mosh, noʼxot, hamir ovqatlar, qovrulgan va yogʻli taomlardan parhez qilishingizga toʻgʻri keladi

Agar ikki oylik chaqaloq yaxshi emsa, muntazam ichi kelsa, terisida hech qanday toshmalar (atopik dermatit, diatez korinishi) bolmasa, kunduzi yaxshi uxlasa, uygok paytida quvnoq va faol bolsa xavotirga orin yo’q. Odatda, 4-5 oylarga kelib qorinning dam bo`lishi kamayadi.

Оставьте комментарий