DO`STLARGA ULASHING:
Denominatsiya effekti haqida
Denominatsiya effekti – bu insonlar pul xarajat qilishda qaysi qiymatdagi kupyurani ishlatayotganiga qarab, har xil qarorlar qabul qilishga moyilligini ifodalaydigan psixologik effektdir. Bunga ko‘ra:
Yirik kupyuralar (masalan, 100 yoki 200 ming so‘mlik) miyamiz uchun «katta pul»dek koʻrinadi. Bunday kupyuralarni mayda ehtiyojlar uchun ishlatish nomunosib tuyuladi.
Mayda kupyuralar (masalan, 5000 yoki 10 000 so‘mlik) esa osonroq xarajat qilinadi, chunki ularni miyamiz «kam qiymatli» deb qabul qiladi.
Masalan, agar biror kishining yonida 1 dona 100 000 so‘mlik kupyura bo‘lsa, uni ishlatishni istamaydi va kamroq xarajat qiladi. Xuddi shu summa 10 000 so‘mlik 10 ta kupyurada bo‘lsa, uni xarajat qilish osonlashadi.
Bu effekt moliyaviy odatlarni o‘rganishda va pulni tejash strategiyalarida ham muhim rol o‘ynaydi.
