Dunyoda eng ko‘p sotilayotgan smartfon nomi ma’lum bo‘ldi

DO`STLARGA ULASHING:

Dunyoda eng ko‘p sotilayotgan smartfon nomi ma’lum bo‘ldi

«Apple» kompaniyasining iPhone 12 smartfoni asosiy modeli 2021-yil birinchi choragida dunyoda eng ko‘p sotilgan smartfonga aylandi. Bu haqda «PhoneArena» yozmoqda (https://zamin.uz/go/?https://www.xabar.uz/uz/post/dunyoda-eng-kop-sotilayotgan-sm?category=texnologiya).

Ko‘rsatilgan davrda iPhone 12 ulushi 5 foizni tashkil etdi. Ikkinchi o‘rinda — iPhone 12 Pro Max (4 foiz), uchinchi o‘rinda — iPhone 12 Pro (3 foiz). Bu turkumga kiruvchi smartfonlar orasida faqat «kenja» model — iPhone 12 mini ga yetarlicha xaridor topilmadi.

Keyingi o‘rinlarda: iPhone 11, Redmi 9A, Redmi 9, Samsung Galaxy A12, Redmi Note 9, Samsung Galaxy A21S, Samsung Galaxy A31.