Dunyodagi eng kichik shahar

DO`STLARGA ULASHING:

Dunyodagi eng kichik shahar.

Xorvatiyada joylashgan, aholisi 30 kishidan ko’proq bo’lgan Xum shahri dunyodagi eng kichik shahar hisoblanadi. Muntazam avtobuslar qatnovi yo’qligiga qaramay, shahar sayyohlar orasida mashhur. U ochiq osmon ostidagi muzey deya tariflanadi. Shaharda ko’plab tosh uylar va har birining kengligi bir metr bo’lgan ikkita ko’cha bor.

Birinchi jahon urushi davrida shaharda 450 ga yaqin aholi istiqomat qilgan. Har bir aholi o’z vazifalarini bajaradi: shahar hokimi, politsiyachi, sudya, pochtachi, o’t o’chiruvchi va shifokor bor.Odamlar sayohatchilarga turar joylarini ijaraga berishadi. Xumning diqqatga sazovor joylari orasida qadimiy qabriston va ibodatxonalar mavjud.

Оставьте комментарий