Kichik guruh uchun. Konstitutsiya.

DO`STLARGA ULASHING:

Kichik guruh uchun.
Konstitutsiya.

Yashaymiz biz baxtiyor,
Meni xuquqlarim bor,
Yuraman doim ildam,
Bordir Konstitutsiyam.

Poydevorim.

Xech kimga bo’lmaymiz qaram,
Bizlar erkin va ozod,
Poydevorim Konstitutsiyam,
U bordir yurtim obod.

Moddalar aytadi.

Yosh keksani himoya,
Qilar 45-modda,
Unga qiling rioya,
Xox ko’chada,xox uyda.

52-,modda.
Vataniga xizmat qilish,
Har yigitning burchidir,
Uni sevib ardoqlash,
Ham faxri,ham g’ururdir.

49-modda.
Xalqimning buyuk tarixin
Bizlar doim asraymiz.
Ma’naviy madaniy merosin
Bag’ringda avaylaymiz.

47-modda.
Konstitutsiyani o’rganib,
Burchlarmizni bilaylik,
Unga biz amal qilib,
Obod yurtni quraylik.

52-modda.
Bo’l Vataninga posbon,
Qilgin uni himoya,
Xalqim yashasin shodon,
Yov solmasin unga soya.

41-modda.
Bilim olish huquqiga,
Biz hammamiz egamiz,
Bepul ta’lim o’g’il qizga,
Bizga g’amxur davlatimiz.

40-modda.
Sog’ tanda sog’ aql.
Xalqimga shior naql,
Har insonni sog’ligi,
Vatanimni boyligi.

Konstitutsiya.

Konstitutsiya qoida,
Keladi undan foyda,
Sarflaydi bor kuchin,
Xalqim manfaati uchun.

Оставьте комментарий