EKZODERIL kremi va eritmasi

DO`STLARGA ULASHING:

Ekzoderil — teri yuzasiga qo’llash uchun 1% li eritmasi ( suyuqlik ko’rinishida ).
#Ekzoderil
#Экзодерил
?Dori shakli : ?
sirtga qo’llash uchun 1 % li eritma
?Tarkibi : ?
Naftifin gidroxlorid , propilenglikol, etil spirti va tozalangan suv .
?Ta’siriga ko’ra : ?
Zamburug’li infeksiyalarda teri sirtiga qo’llash uchun qo’llaniladi.
?QO’LLANILISHI ?
— Terida zamburug’li infeksion yallig’lanishni keltirib chiqaruvchi dermatofitlarga qarshi samarali va yuqori ta’sirga ega vosita
— Achitqi va mog’or zamburug’lariga qarshi o’rtacha ta’sirga ega
— Mikoz zamburug’iga qarshi vosita sifatida
— Yallig’lanishga qarshi ta’siri ham samarali bo’lib , teri qizarishi , shishi va qipiqlanishida samarali ta’sirga ega
— Ekzoderil ayniqsa teri qichishishida juda yaxshi ta’sirga ega. Teri qichishib hech yo’qolmasa ekzoderil juda ham yaxshi effekt beradi
— Teri burmalarining zamburug’li infeksiyalarida surtiladi
— Tirnoqlarning zamburug’li infeksiyalarida surtiladi
— Teri kandidozlarida surtiladi
— Terining qipiqlanuvchi temiratkisida yaxshi ta’sirga ega
—Onixomikozlarda , lishay kabi zamburug’li infeksiya keltirib chiqaruvchi parazitlarga qarshi sifatida
— Umumiy teri epidermofiti holatida ( zamburug’li infeksiya bu ham )
— Rubomikoz , trixofitiya , mikrosporiya kabi teri zamburug’li kasalliklarida qo’llaniladi.
— Oyoqdagi va tirnoqdagi griboklarda samarali ta»sirga ega.
?QO’LLASH USULI ?
Teri yuzasining shikastlangan qismiga surtiladi. Sutkasiga
 1 — 2 marta . Teri yuzasiga surkash uchun terining zamburug’ infeksiyasi tushgan sohaga va unga tutashgan teri yuzasini quritib keyin preparatni qo’llash buyuriladi.
?NOJO’YA TA’SIRI ?
— Teri qurigandek tuyulishi
— Teri yuzasiga surtilganda achishish xissi
— Teri qizarishi kuzatilishi mumkin.
❌QO’LLASH MUMKIN BO’LMAGAN HOLATLAR ?
— Preparatga yuqori allergik reaksiya bo’lganda
— Ko’zga va shilliq qavatlarga surtish mumkin emas.
— Homiladorlik va emizish davrida mumkin emas .
?ADMIN MASLAHATI ?
?Ekzoderilni zamburug’ infeksiyasida qarshi qo’llab tuzalib chiqqandan keyin ham , darrov davolanishni to’xtatib qo’ymang. Sababi infeksiyani qaytalanishini oldini olish uchun , klinik tuzalgandan keyin ham kamida yana 2 hafta davolashni davom ettiring.
?Qo’pol , zich va havo o’tkazmaydigan paypoq va poyafzal kiymang.
?Tezroq tuzalish uchun iloji boricha shikastlangan teri bilan kontaktda bo’luvchi kiyimlarni doim almashtirib turing .
?Infeksiyaning qaytalanishini oldini olish uchun eng yaxshi maslahatlardan yana biri , uyingizda vannaxonada , mehmonxonada va basseynda yalangoyoq ( oyoqyalang ) yurishdan saqlaning.
?Teri qancha quruq va toza bo’lsa zamburug’li infeksiyalar sizga yaqin kela olmaydi ( sizdan qo’rqadi , bu yaxshi ?).
?Sauna va hammomga zamburug’li infeksiyadan tuzalib ketgandan keyin borish mumkin. ( O’zi borish kerakmas shunaqa joylarga tuzalgandan keyin ham , bu ham tabletka kanalining bir maslahati, qolgani o’zizga bog’liq ? ).
?Homiladorlik va emizish davrida qo’llashdan saqlanish kerak.
?EKZODERIL KREMI HAQIDA HAM AYTIB O’TSAK ?
?ADMIN MASLAHATI ?
?Ekzoderil kremi ham xuddi ekzoderil eritmasi kabi ta’sirga ega. Tarkibi ham bir xil.
Ekzoderil haqida umumiy ma’lumot berib o’taman. Ekzoderilni travma holatlaridan keyingi yallig’lanish holatlarida qo’llash kerakmas ( masalan avtohalokat , yiqilib tushish , janjaldan keyingi holatdagi yallig’lanishda , ya’ni shish va teri qizarishida qo’llash mumkin emas.Faqat infeksiya oqibatida kelib chiqqan yallig’lanish va qizarish va shish holatlarida qo’llash kerak.
?Qo’llash — retseptsiz
?Ishlab chiqaruvchi — Avstriya
@Farmakologiya_TTA
,, ТАБЛЕТКА » kanali

Оставьте комментарий