Eng katta internet-paket qaysi operatorda arzon?

DO`STLARGA ULASHING:

Eng katta internet-paket qaysi operatorda arzon?
Bugunda O‘zbekistondagi barcha mobil operatorlar abonentlarga turli hajmdagi internet-paketlarni taqdim etmoqda. Xo‘sh, qaysi operatorning eng yirik paketi boshqalarnikiga qaraganda arzonroq?

Illyustratsiya: akchabar.kg

Masalan, Uzmobile kompaniyasining eng katta 30 kunlik internet-paketi 75 Gb bo‘lib, uning narxi 110 000 so‘m.

Ucell’da eng katta internet-paket 128 Gbga teng. Uni 188 ming so‘mga sotib olish mumkin.

Beeline shirkati 75 000 Mblik eng katta 30 kunlik internet-paketini 110 000 so‘mga taklif etmoqda.

Mobiuz kompaniyasida esa eng katta 30 kunlik internet-paket 50 000 Mblik bo‘lib, 75 000 so‘m turadi.

Perfectum kompaniyasida eng katta hajmdagi internet-paket 19 200 Mbga teng. Uni 175 000 so‘mga sotib olsa bo‘ladi.

Operator Paket hajmi Muddati Narxi
Beeline 75 000 Mb 30 kun 110 000 so‘m
Mobiuz 50 000 Mb 30 kun 75 000 so‘m
Ucell 138 240 Mb 30 kun 188 000 so‘m
Uzmobile 76 800 Mb 30 kun 110 000 so‘m
Perfectum 19 200 Mb 30 kun 175 000 so‘m

ArabicChinese (Traditional)EnglishFrenchGermanHindiKazakhKyrgyzRussianSpanishTajikTurkishUkrainianUzbek