«Provodnik» (boshlovchi) ilovasi bilan ishlash

DO`STLARGA ULASHING:

«Provodnik» (boshlovchi) ilovasi bilan ishlash
 Reja:
  1. Boshlovchi ilovasi haqida tushuncha
  2. “Provodnik” ilovasi menyusi bo’limi haqida
  3. “Provodnik” ilovasi oynasining tuzilishi
«Provodnik» (Boshlovchi) ilovasi Windows  operasion tizimi standart dasturlari tarkibiga kiruvchi dastur bo’lib, disk va fayllar bilan ishlashni osonlashtirish uchun xizmat  qiladi.
«Provodnik» (Boshlovchi) ilovasida komp`yuterdagi mavjud axborotlarning faylli strukturasini daraxt shaklida ko’rish mumkin.
«Provodnik» (Boshlovchi) ilovasi «Moy komp`yuter» (Me­ning komp`yuterim) ilovasiga o’xshash bo’lib,  faqat «Servis» (Xizmat ko’rsatish) menyusi mavjudligi bilan farq qiladi. «Provodnik» (Boshlovchi) menyusida quyidagi bo’limlar mavjud(5.15-rasm):
Fayl, Pravka, Vid, Perexod, Izbrannoye, Servis, Spravka.
«Servis» (Xizmat ko’rsatish) menyusi yordamida fayllarni qidirish mumkin. Bu amal «Pusk» tugmachasi orqali chiqariladigan «Poisk» (Qidirish) opsiyasida xam bajariladi. Mazkur menyuda tarmoq diskini ulash va olib tashlash amallari xam bajariladi.
 Boshqa dasturlar kabi «Provodnik» dasturi xam o’zining oynasiga yopish, o’lchamini o’zgartirish, yashirish tugmalari
hamda uz menyusiga ega. Oyna ikki:  ung va chap bulaklardan iborat. Chap bulakda disk va jildlar ro’yxati, ung bulakda esa chap bulakdan tanlangan ob`yekt­lar ichida mavjud jild va fayllar ro’yxati joylashtiriladi. Chap bulakda ob`yektlar oldida «+» belgi joylashgani shu disk yoki jild ichida jild joylashganini bildiradi. Bu belgi ustida sichqonchaning chap tugmasi bosilsa «—» belgiga aylanadi va ro’yxatdan ichki jildlar nomlari xam joy oladi. Papka ichida bir nechta ichma-ich joylashgan papkalar bo’lishi mumkin. «—» belgining ustida sichqonchaning chap tugmasi bosilsa belgi yana «+» belgiga aylanadi.
 
 
 
Тayanch so’z va iboralar: (Provodnik) Boshlovchi, belgilar, “+”, “-”,
Savol va topshiriqlar
  1. «Provodnik» dasturi nima uchun xizmat qiladi?
  2. «Provodnik» dasturi qanday ishga tushiriladi?
  3. «Provodnik» ilovasi menyusi bo’limlarini sanab bering.
  4. «Provodnik» ilovasi oynasining tuzilishini aytib bering.
  5. Ob`yektlar nomlari oldida joylashgan «+» va «—» belgilari nimani bildiradi?

Оставьте комментарий