Eng yaxshi elektron kutubxonalar

DO`STLARGA ULASHING:

1.Lib. Runet’ dagi eng mashxur elektron kutubxonlardan biri hisoblanadi. Ushbu kutubxona 1994-yilda ochilgan bo‘lib, kutubxona ma‘lumotlari mualliflar yoki foydalanuvchilar tomonidan to‘ldirib boriladi. Kutubxona fondi juda keng qamrovdagi resurslarni o‘z ichiga olib, bu yerda foydalanuvchilar deyarli barcha janrlar xususan, fantastika, hazil, turizm, ezoterika, siyosat, texnik hujjatlar va shu kabilardan foydalanishadi.

2.Litmir. Ushbu elektron ensiklopediya nimani o’qishni bilmaganlar uchun foydali bo’ladi. Saytga kirish orqali foydalanuvchi bugungi kunda eng ko’p o’qilgan kitoblarni darhol ko’rish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Adabiyotlarda 123 janr, 50 mingga yaqin mualliflar, 140 mingga yaqin kitoblar taqdim etilgan.

3.Fantlab. Ushbu sayt boshqalaridan faqat badiiy adabiyotlarga bag‘ishlangani bilan biroz farq qiladi. Bu yerda siz mualliflarning bibliografiyasini o’qish, dunyo yozuvchilariga beriladigan mukofotlar haqida ma’lumot olish hamda qiziqqan kitoblar bo’yicha tavsiyalarni o’qish kabi qulayliklarga ega bo‘lasiz. Bundan tashqari sayt forumida foydalanuvchilar bilan tanishish shuningdek, foydalanuvchilar o‘zaro muloqat qilishi mumkin.

4.Mirknig. Ushbu sayt deyarli barcha janrlardagi kitoblar jamlanmasidan iborat bo‘lib, unda foydalanuvchilarning o’zlari batafsil tavsiflangan kitoblar haqidagi yangiliklarni qo’shishlari mumkin. Bu tavsiflar, shubhasiz, mualliflar va nashriyotlarni qiziqtirmay qolmaydi albatta. Ushbu portalni boshqacha qilib kitob qidirish mexanizmi deb ham atashimiz mumkin.

Manba: ЛЕПРА+

Оставьте комментарий