Folbinlarning daromadi qancha?

DO`STLARGA ULASHING:

Folbinlarning daromadi qancha?

Bugun yurtimizda o‘zini har narsaga qodir deb tanituvchi folbin, duoxon va “issiq-sovuq”chilarning faoliyati uchrab turibdi.

Ijtimoiy tarmoqlarning biridagi kanallarda xattoki «Xalqaro toifadagi N1» folbinlar ham borligi g’alati.

Ular juda yaxshi daromad topishadi masalan bir folbinning xizmat narxi:
— «Kartada» fol ko’rish 100 ming so’m;
— «Issiq-sovuq» 450 ming so’m;
— «Buqa» afsuni 380 ming so’m;
— «Olov» amali 550 ming so’m;
— «An» qo’rg’oshin quyish amali 650 ming so’m;
— Magnit amali 390 ming so’m (20 min.da ta’sir qiladigani 450 ming so’m);
— Xammaga shirin va yaxshi ko’rinish uchun asal amali 350 ming so’m;

Shuni eslatib o’tishimiz kerakki, Alloh taolo Naml surasining 65-oyatida shunday deydi: «Ayting: Osmonlar va yerdagi g’aybni Allohdan o’zga hech kim bilmaydi».

Shuningdek, Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam: «Kim folbinga borsa, undan biron narsa haqida so’rasa, uning namozi qirq kun qabul bo’lmaydi», deganlar.

Оставьте комментарий