Gaz tarmoqlariga o’zboshimchalik bilan ulanib olishda javobgarlik masalasi qanday?

DO`STLARGA ULASHING:

Gaz tarmoqlariga o’zboshimchalik bilan ulanib olishda javobgarlik masalasi qanday?
— Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 101-moddasiga asosan gaz tarmoqlariga o’zboshimchalik ulanib olish taqiqlanadi va bu qilmishni sodir etgan shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortiladilar.
— Vazirlar Mahkamasining 22-sonli qaroriga asosan gaz tarmoqlariga o’zboshimchalik bilan ulanib olgan isteʼmolchilar (maishiy isteʼmolchilardan tashqari)ning ishlatgan gaz miqdori ular gaz tarmog’iga o’zboshimchalik bilan ulanib olganidan to ushbu ulanib olish rasmiylashtirilib, dalolatnoma tuzilgunga qadar bo’lgan muddatda 1 kunda 24 soatdan ishlatilgan deb topiladi.
P.S.: Biz gaz tarmog’ida qanchadan-qancha odamlarning halol pullari yotganini unutmasligimiz lozim.🙂

Оставьте комментарий