Gijjalarni davolash tartibi

DO`STLARGA ULASHING:

Gijjalarni davolash tartibi.

Xar bir ishda tartib bo‘lgani kabi gijjalar davolashning ham o‘z ketma ketligi mavjud. Ushbu tartibga amal qilsangiz gijjalardan butunlay qutilish mumkin bo‘ladi.

1. Tashxislash

Ichakda O‘zbekistonda o‘rtacha, 70 xil atrofida ichak parazitlari, gijjalar, askaridalar va boshqalar ko‘payadi va kasallik chaqiradi. Tashxislash uchun axlat analizi, umumiy qon taxlili va Gelmintolog, Gastroenterolog, Terapevt, UASH kabi mutaxasislar qabulida bo‘lib, qaysi turdagi parazit borligi aniqlanadi.

Bundan tashqari yutub kanalimda ham birlamchi tashxis uchun qo‘llanma qo‘ydim. Videoga xavola uchun bosing 👉 Qo‘llanma (https://www.youtube.com/watch?v=tt29cIoaM3M)

2. Davolash

Ichak parazitini turi aniqlangach, unga mos tushivchi dorilar tayinlanadi. Unutmang, har xil gijjalarga xar xil dorilar ishlatiladi!

Davolash odatda maxsus sxema orqali qilinadi. Masalan, 3-5 kun dori ichiladi, pauza qilinib yana 3-5-7 kun dori ichiladi. Bunga sabab, ichakdagi gijjalar o‘lgach, tuxumlari ochib chiqadi. O‘shalarni xam o‘ldirish maqsadida shunday qilinadi.

3. Davolanishdan keyingi tozalov va tiklash.

Davolashdan so‘ng klizma amaliyotini ko‘pchilik qilmaydi. Gijjalar chaqirgan yomon alomatlarni xam davolab qo‘yish zarur. Bu ko‘pincha anemiya, toshmalar va xokozo bo‘lishi mumkin.

4. Yana yuqmasligini oldini olish.

Shaxsiy gigiyena qoidalariga doimiy amal qilish va gijja yuqmasligi choralarini ko‘rish muxim xisoblanadi.

Dorilar haqida keyin postda ma’lumot beraman.

Оставьте комментарий