Git va Github nima?

DO`STLARGA ULASHING:

Git va Github nima? Oddiy qilib tushuntirishga harakat qilaman.

Git bu — dasturlash olamida keng qo’llaniluvchi instrument. U har qanday faylga bo’layotgan o’zgarishlarni saqlab boradi. Ya’ni, agar biror dastur ustida bir qancha dasturchi ishlayotgan bo’lsa, har bir o’zgartirish kiritgan dasturchining harakatini saqlab boradi va har bir o’zgarish barchaga ko’rinadi. Asosiysi, bu jarayon mutlaqo xavfsiz va himoyalangan tarzda kechadi.

Github bu — Git instrumentini ishlash jarayonini osonlashtirib beruvchi veb sayt. Bu veb sayt dasturchilar uchun juda ham kerakli va foydali hisoblanadi. Masalan, bir dasturchi biror bir loyihani boshlasa, uni github’ga joylab boradi va har bir kiritgan o’zgarishi unda saqlanib qoladi. Natijada, dastur 0 dan boshlab qanday yaratilganini va qanday amallar ustida ishlanganini dasturchi doim bilib boradi.

Agar biror bir fayl o’chib ketsa, kompyuter buzilib qolsa, yoki shunga o’xshash holatlar yuz bergan taqdirda ham, bajarilgan barcha ishlar git serverda joylanib qoladi. Qolganda ham nafaqat eng oxirgi jarayon, balki har bir jarayon saqlanadi va siz 1 oy oldingi kiritgan ishingizni ham bemalol ko’ra olishingiz, uni o’zgartirib, yangi versiyaga o’tkazishingiz mumkin bo’ladi.

Git va Github’dan foydalanish uchun «SourceTree» dasturidan foydalansa bo’ladi. Bu dastur mutlaqo bepul bo’lib, Git va Github’ni bemalol ishlatishga imkon beradi.

👉 @ITStarsUz

Оставьте комментарий