«Giyohvandlik — Asr vabosi» mavzusida ma’naviyat soati

DO`STLARGA ULASHING:

O’ZBEKISTON   RESPUBLIKASI XALQ  TA’LIM  VAZIRLIGI
 
NAMANGAN VILOYAT  XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI
 
Chortoq tuman xalq ta’limi bo`limiga qarashli
48-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi
Tasviriy san’at va chizmachilik fani  o’qituvchisi
MIRZAQAYUMOVA NAIMANING
“Giyohvandlik  — asr vabosi” mavzusida yozgan
bir soatlik
 
Ma’naviyat   soati 10-A
 
Mavzu:              Giyohvandlik  asr  vabosi 
 
Darsning maqsadi:              O’quvchilarga giyohvandlik asr vabosi ekanligini nazariy ma’lumotlar asosida tushuntirish
  1. a) Darsning ta’limiy maqsadi: O’quvchilarga sog’lom  turmush  tarzi  giyohvandlikning  salbiy  oqibatlari haqida  ma’lumotlar   berish
 
  1. b) Darsning tarbiyaviy maqsadi: O’quvchilarni sog’lom  turmush tarziga, insondagi ijobiy  fazilatlarni,  sog’likni  qadriga  yetishni o’rgatish.
 
  1. v) Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilarda ahloqiy go’zallik, ma’naviy barkamollik kabi hislatlarni
Darsning  turi:                      yangi tushunchalarni berish, bilimlarni shakllantirish.
Darsning  usuli:                   noan’anaviy, trening  mashg’uloti, klaster,
Darsning  jihozi:                  dars ishlanma, mavzuga oid film, slayd, rasmlar, barkamollik daraxti, tarqatma, klaster
Darsning  borishi:
TASHKILIY  QISM:
  1. a) salomlashish
  2. b) davomatni aniqlash
  3. v) xona holatini nazorat  qilish
Haliyam  kech  emas, hali bor  fursat,
Axir vujuddamas,qalbdadir  quvvat,
Laxzada o’zingni o’zingga  ko’rsat,
Extimol  topilmas ertaga  bu  vaqt .
Darhaqiqat, aziz  o’quvchilar  shoir  aytganidek  vaqtning  qadriga  yetishimiz  kerak.
Bejizga aytilmagan:             Yoshlikda olingan bilim,
                                      Toshga o’yilgan  naqshdir.
Darsning  shiori:                  Ma’naviy barkamollik – insoniylik  ziynatidir.
O’quvchilarimizni ikki  guruhga  ajratamiz.
Ular  bugun                 1-guruh     —        “Sog’lom  avlod”
                                      2- guruh    —        “Kamolot”
bo’lib bir-birlari  bilan bellashadilar.
O’tilgan mavzuni takrorlash.
Barkamollik  daraxtidan  guruhlarga  savollar  tarqatiladi
Savol:        Harakatlar strategiyasi nechta yo`nalishdan iborat?
Javob:        5 ta yo`nalishdan iborat
Savol:        O’zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat  siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo’shimcha chora tadbirlar to’g’risidagi 30-sonli   buyrug’i qachon  qabul qilingan
Javob:        2014-yil 19-  fevralda  qabul qilingan
Savol:        Harakatlar strategiyasi qaysi yillarga mo`ljallangan            Javob:    2017-2021
Savol:        Ahloq-odob qoidalari nechta  bob, nechta qoidadan iborat
Javob:        9ta bob,33ta qoidadan iborat
Savol :       Vazrlar  Mahkamasining 360-sonli qarorini nomini ayting.
Javob :       Vazrlar Maxkamasining 360- sonli qarori «Voyaga yetmaganlar  bo’yicha komissiyalar faoliyatini yanada takomillashtirish ular o’tasida  jinoyatchilikni oldini olish  chora tadbirlari to’g’risida»
Savol :       I.A.Karimovning ulug’ mutaffakkir Alisher Navoiyga  bergan  tarifini ayting
Javob:                 Agar biz ul zotni avliyo desak, avliyolarning avliyosi, mutaffakkir desak, mutaffakkirlarning  mutaffakkiri, shoir desak shoirlarning sultonidir.
O’quvchilar ZiyoNet tarmog’idan olingan yangiliklardan aytib o’tadilar.
YANGI  MAVZU  BAYONI:
 
Mavzu:     Giyohvandlik- asr vabosi.
R e j a :
  1. Zararli odatlar ularning kelib chiqishi.
  2. Giyohvandlikning salbiy oqibatlari.
  3. Sog’lom turmush tarzi haqida.
O’qituvchi:        Zararli odatlar deganimizda biz siprtli ichimliklarni ichish, tamaki va nos chekish, giyohvand va toksik moddalarni iste’mol qilish kabi odatlarni tushunamiz. “Giyohvandlik “atamasi gerkcha “narko”-bog’lanish,”mania”aqlsizlik degan ma’no  kelib chiqqan.
Giyohvandlik- bu moddalar ro’yhatiga kiruvchi moddalarni doimiy iste’mol qilish oqibatida kelib chiqadigan ,bu moddalarga ruhiy,ba’zi hollarda jismoniy tobelikninamoyon qiluvchi  kasallik.
Giyohvand moddalar ichiladi, chekiladi, hidlanadi va qon tomirga yuboriladi.
O’smirlik davrida giyohvand moddalarni  tinimsiz iste’mol qilish kishini ng o’z-o’zini hurmat qilishga atrofdagilar bilan munosabatlariga, qobiliyatiga, kelajakdagi rejalariga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
So’ngra o’quvchilar ishtirokida sahna ko’rinish ko’rsatib o’tiladi.
 
Yonboshlab  yotgan ota:
Ota:            Asror, menga qara. Nima qilyapsan?
Asror:        Dada men dars tayyorlayapman.
Ota:                     Nima o’qib olim  bo’lasanmi? Mana pulni olib, aroq va sigaret olib kel!
Asror:        Doim shunaqa, dars qilishga  ham qo’yishmaydi. Qani men ham chekib ko’rsammikin. Qanday bo’lar ekan.
To’xtang! Siz bu Siz nafaqat o’zingizni balki boshqa insonlarning ham hayotiga xavf tug’dirmoqdasiz. Bu borada “Bola huquqlari to’g’risida”gi konvensiyada shuningdek O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga  muvofiqo’sib kelayotgan yosh avlodni  so’g’lom turmush tarzida o’sishiga to’sqinlik qiluvchi har qanday hatti  harakatlar ta’qiqlanadi.
Giyohvand moddalar qabul qilishning bir nech xil ko’rinishi bo’ladi:
  • Jismoniy oqibatlar
  • Iqtisodiy oqibatlar
  • Ijtimoiy oqibatlar
  • Huquqiy oqibatlar
  • Ruhiy oqibatlar
Bu yo’lgabilmagan holda kirib qolish mumkin.
Kimningdir “ta’tib ko’ring “ deb bergan  taklifiga “yo’q” deb javob bering.
Giyohvandning o’rtacha umr ko’rish muddati 7 yil o’ylab ko’ring ruhiy va jismoniy qiynoqlarga to’la 7yil sizga kerakmi?
KLASTER TOPSHIRIG’INI BAJARISH
Giyohvand insonni asabi notinch,yurak faoliyati tez ishlaydi bo’g’inlarda og’riq, tobelik holatlari bo’ladi.
Mana shu o’quvchi giyohvandlik botg’og’iga botmasdan,komilinson bo’lishi uchun nima ish qilishi kerak.
O’quvchilar bilan “Komil inson”trening mashg’uloti o’tkaziladi
1-o’quvchi:        Inson tug’ilgach oilda tarbiyalanadi,kamol topadi,ota-ona farzand tarbiyasi uchun ma’suldir.
2-o’quvchi:        Go’dakning ilk jamoaga qo’;shilish joyi bu bog’chadir.Bog’chada bola muomula madaniyatini ,maktabga boorish ko’nikmasini hosil qiladi
3-o’quvchi:        Maktab- bolaning kamolga yetishi uchun asosiy dargohdir.Bunda o’quvcha o’ziga ma’naviy va ilmiy bilmlarni oladi. I.A.Krimov “yuksak ma’naviyat –yengilmas kuch” asarida maktabga quyidagicha ta’rif bergan.”dunyo imoratlari ichida eng ulug’i maktab bo’lsa ,kasblar ichida eng sharaflisi o’qituvchilikdir.
4-o’quvchi:        Maktabdan tashqari muassasalarda biz bo’sh vaqtni unumli o’tkazamiz.Biz uchun musiqa va sport maktablarida barcha sharoitlar yaratilgan.Prezidentimiz aytganlaridek,’Barcha yaxshi narsalar
5-o’quvchi:        Inson kamolotining pillapoyasi bu Kasb hunar kolleji yoki Akademik litseydirKasb hunar kollejida o’quvchi ikki yoki undan ortiq hunar egasi bo’ladi va o’zini kelajagi uchun poydevor quradi.Maqolda aytilganidk Hunar hunardan rizqing unar .
6-o’quvchi:        Inson tarbiyasida mahallaning o’rni beqiyosdir .Mahallada yashash ularni,urf-odatlarimizni qadrlash,kattalarga hurmat ruhida tarbiyalash o’bekning milliy odatidir. Bir bolaga yetti qo’shni ota-ona deb to’g’ri aytishgan.
7-o’quvchi:        Inson kasb hunar kollejini bitirgandan so’ng, yoshlar oldida 2 ta yo’l turadi. oliy ta’lim yoki hunar egasi. Mana shu bosqichlarni bosib o’tib, giyohvandlik botqog’iga botmasdan mana shu daraga yetib kelishi “Komil inson “darjasiga yetib kelishidir.
Tamaki Yevropaga fransuz diplomati J.Niko tomonidan 1560 yilda janubiy Amerikadan olib kelingan. Aynan shu diplomat nomiga atab, NIKOTIN so’zi paydo bo’lgan.
Sinf hamchirasi:
  • Odam chekishni qanchalik erta boshlasa o’z hayotini shunchlik tez qisqartiradi. Kimki 15 yoshdan chekishni boshlasa, o’z umrini 8yilga, kim 25 yoshdan chekishni boshlasa 4 yilga qisqartiradi.
  • 100-200 mg nikotin odamni o’ldiradi.
 
YANGI MAVZUNI MUSTAHKAMLASH.
Giyohvand moddalarga “yo’q” deyishning 10 ta sabablari
1.Giyohvand moddalar baxt haqida soxta tasavvur beradi
2.Giyohvand moddalar bilim olishni qiyinlashtiradi
3.Giyohvand moddalar ko’pincha, baxtsiz hodisalarga sabab bo’ladi
4.Giyohvand moddalar do’stlikni buzadi
  1. Giyohvand moddalar insonni kuchsiz va irodasiz qiladi.
  2. Giyohvand moddalar odamlarni o’g’irlik zo’ravonlik va boshqa jinoyatlarga boshlaydi.
  3. Giyohvand moddalar ko’pgina xavfli kasalliklarni kelib chiqishiga, OITS ga sabab bo’ladi.
  4. Giyohvand moddalar oilalarni parchalanishiga olib keladi.
  5. Giyohvand moddalar bolalarni majruh va nogiron bo’lib tug’ilishiga sabab bo’ladi.
  6. Giyohvand moddalar shaxsning tubanlashishiga olib keladi.
 
31-may Butun jahon tamakiga qarshi kurashish kuni!
 
Uyga vazifa:      Zararli odatlardan saqlanish mavzusida bayon yozib kelish.

Оставьте комментарий