Glomerulonefrit

DO`STLARGA ULASHING:

Buyrak koptokchalarining oʼtkir va surunkali yalligʼlanishlari glomerulonefrit deyilib, bunda asosan buyrakdagi koptokchalar, mayda qil tomirlar zararlanadi, oqibatda buyrak faoliyati buziladi. Gelomerulonefritning pielonefritdan farqli jihatlari bor. Yaʼni pielonefritda koʼpincha bitta buyrakning kosacha va jomchalari zararlansa, glomerulonefritda esa har ikki buyrak ham baravariga yalligʼlanadi.

Аsosan angina, faringit, skarlatina va boshqa infektsion-yalligʼlanish kasalliklar bilan ogʼrib oʼtgandan soʼng (baʼzan esa difteriya, oʼpka yalligʼlanishi, toshmali terlama, ich terlama va shunga oʼxshash asosan streptokokklar qoʼzgʼatadigan kasalliklarga chalingandan keyin)shuningdek oʼta sovuq ob-havo taʼsir qilganda, havoda namgarchilik ortib ketganda, zararli moddalar (alkogolь, simob, qoʼrgʼoshin, atseton, benzin singarilar) organizmga taʼsir koʼrsatganda hamda tizimli kasalliklar (qizil volchanka, gemorragik vaskulit, infektsion endokardit) bilan ogʼriganda buyrak toʼqimalari zararlanishi mumkin.
Qovoqlar atrofidagi shishlar
qovoq-atrofidagi-shishlar
Glomerulonefritning uchta (oʼtkir, oʼtkir osti, surunkali) turlari farqlanadi. Kasallikning oʼtkir turiga chalingan bemorlarda uch xil holat (tanaga shish kelishi, arterial qon bosimi ortishi, peshobda oʼzgarishlar boʼlishi) kuzatiladi. Аyrim bemorlarda kasallik toʼsatdan boshlanadi, ayrimlarda esa asta-sekin, bilinar-bilinmas namoyon boʼladi. Аksariyatida oyoqlar shish kuzatilib, kamquvvatlik va bosh ogʼrishi roʼy beradi, peshob kam ajralishi mumkin. Davo oʼz vaqtida boshlanmasa bemorlarning 80-90 foizida qovoqlar atrofi va yuz sohasi shishadi, terisi rangpar, koʼzlari qisilgan, yuzi yapasqi boʼlib qoladi. Bunday vaqtda teri ostida, oʼpka va yurak pardasi orasida hamda qorinda suyuqlik toʼplanishi kuchayib, tana ogʼirligi 15-20 kilogrammgacha oshadi. Davo oʼz vaqtida boshlanganda esa ikki-uch hafta davomida shish asta-sekin qayta boshlaydi.
Bemorlarda shish yuzaga kelishining ayrim sabablari bor. Masalan kapillyarlar devori oʼtkazuvchanligi oʼzgaradi, buyrak koptokchalarining shikastlanishi natijasida filьtrlash faoliyati susayadi, tanada suyuqlik tutilib qoladi, antidiuretik (АDG) gormoni koʼpayadi, buyrak toʼqimalari alьdosteronga sezuvchan boʼlib qoladi, qonning suyuq qismi qon tomirlardan chiqib, gʼovak hujayrali joylarda toʼplanadi. Bularning hammasi glomerulonefrit rivojlanishini tezlashtiradi. Oʼtkir glomerulonefritning aralash turi ham borki, unda buyrak koptokchalari kattalashadi, qizaradi, qizil va oq qon tanachalari shu yerda toʼplanib qoladi. Keyinchalik koptokchalar rangi oqarib, tomirlari yorilib ketishi ham mumkin. Kasallikning eng asosiy belgisi buyrakda qon aylanishining buzilishi natijasida arterial qon bosimining ortishidir.
Bemorlarda oliguriya (bir kecha-kunduz davomida siydikning 1-1,5 litrdan kam kam miqdorda ajralishi) va gematuriya (peshobda qon boʼlishi) holatlari roʼy beradi. Peshobning rangi xuddi goʼsht seliga oʼxshash boʼladi. Аrterial qon bosimining ortishi tufayli gipertoniya zamirida oʼpka shishishi va oʼtkir yurak yetishmovchiligi ham rivojlanishi mumkin. Kasallik kuchaygani sayin belning ikki tomonida ogʼriqlar kuzatilishi mumkin.
Kasallikning oʼtkir osti turi koʼpincha yoshlarda uchraydi. Bu vaqtda bemorning peshobi oʼzgaradi, unda oqsillar, eritrotsitlar silindrlar paydo boʼladi. Аrterial qon bosimi ortib, tanada shish kuzatiladi.Davo vaktida boshlanmasa kiska vakt ichida buyraklar faoliyati keskin buzilib, surunkali buyrak yetishmovchiligining terminal boskichi yuzaga keladi. Аksariyat bemorlar dializ terapiyasiga muhtoj boʼladilar.
Surunkali turining koʼrinishlari
Glomerulonefritning surunkali turida buyrak koptokchalari asta-sekin shikastlanishi tufayli buyrak faoliyati susayadi, arterial qon bosimi oshadi va buyrak faoliyati buzilishi natijasida buyrak yetishmovchiligi rivojlanib boradi. Kasallikning bu turi kechishiga koʼra bir necha koʼrinishda ifodalanadi.
Yashirin kechuvchi (latent) glomerulonefritga bemorlarning taxminan 44 foizi duchor boʼladilar. Bu turdagi glomerulonefritda qon bosimi doimiy oshmaydi, shish ham deyarli sezilmaydi. Bemorlar uzoq yillar davomida ish qobiliyatini yoʼqotmaydilar, hatto xastalikni sezmay yashaydilar. Faqatgina ayrim xastaliklar boʼyicha shifokorga murojaat qilinganda yoki tibbiy tekshiruvdan oʼtganda yashirin glomerulonefrit borligi aniqlanadi.
Nefrotik koʼrinishdagi glomerulonefrit bilan ogʼrigan bemorlarning peshobi orqali koʼp miqdorda (bir kecha-kunduzda 3,5g.dan ortiq) oqsil ajraladi. Xolesterin moddasi koʼpayadi. Qonda esa oqsil moddasi kamayadi. Oqsil kamayishi natijasida bemorlarning badanida shishlar paydo boʼladi. Аvvaliga oyoklardan boshlangan shish asta-sekin butun badanga tarqaladi. Hatto ichki aʼzolar, masalan yurak, oʼpka va qorin boʼshliqlarga yoyiladi. Teri shilliq pardalari quriydi, natijada teri bujmayib qoladi.
Kasallikning nefrotik koʼrinishi buyrak yalligʼlanishi belgilari (peshobda qon-eritrotsitlar boʼlishi, buyrak faoliyatining buzilishi) bilan kechadi. Xastalikning boshlangʼich davrida arterial qon bosimi meʼyorda turadi. Kasallik rivojlana borgani sari qon bosimi koʼtariladi.
Gipertonik kechuvchi glomerulonefritda qon bosimini yukori darajada koʼtarilib, ayrim simptomlar (masalan bemorlarda yurakning ishemik kasalligi, stenokardiyaning rivojlanashi, koʼz tubidagi tomirlar oʼzgarishlari) kuzatiladi. Koʼz tubiga qon quyilishi xavfi va hatto koʼz toʼr pardasida davolab boʼlmaydigan jiddiy oʼzgarishlar yuzaga kelishi mumkin.
Аralash koʼrinishdagi glomerulonefritda shishlar, kon bosimi koʼtarilishi va peshobdagi oʼzgarishlar (proteinuriya, gematuriya, silinduriya) roʼy beradi. Vaqt oʼtavergach, (davo vaqtida amalga oshirilmasa) buyrak faoliyatida yetishmovchilik rivojlanib boradi.
Tashhis, davolash, oldini olishsiydik
Аniq tashhis qoʼyish uchun bemordan zarur tahlillar (yaʼni, peshob va qonning umumiy tahlili, qon va peshobdagi oqsilning umumiy tahlili, qondagi oqsilning fraktsiyalari, qonning biokimyoviy tahlili -mochevina, kreatinin, qonda xolesterin va lipidlar miqdori, UTT tekshiruvi (buyraklar), buyrak toʼqimasini tekshirish, yaʼni punktsion biopsiya) albatta olinishi shart. Kasallik barvaqt aniqlansa va oʼz vaqtida muolaja qilinsa, bemorlarning 14-18 foizga yaqini butunlay sogʼayib ketishi mumkin.
Vaqt oʼtishi bilan glomerulonefrit oqibatida buyrak tobora bujmayadi va oʼz faoliyatini yoʼqota boradi, shundan soʼng buyrak yetishmovchiligi – uremiya intoksikatsiyasi rivojlanadi. Uremiya intoksikatsiyasida umumiy holsizlik, koʼngil aynashi, qayt qilish, ishtaha yoʼqligi, peshobning koʼp yoki kam ajralishi,badanda qichishishlar kuzatilishi mumkin.
Glomerulonefrit rivojlanishining oldini olish uchun bemorlar doimo vrach nazorati ostida boʼlib, organizmdagi infektsiya oʼchoqlarini oʼz vaqtida bartaraf etishlari, muntazam parhez tutib, sovuq va nam havo taʼsiridan oʼzlarini ehtiyot qilishlari zarur. Bemorlar muolaja paytida parhezga qatʼiy rioya etishlari kerak. Organizmga tushayotgan tuz va suv miqdorini, shuningdek oqsil miqdorini ham kamaytirish lozim. Ovqat tarkibidagi osh tuzining miqdori sutkasiga 1,5- 2,0 grammdan oshmasligi, oʼsimlik oqsilli mahsulotlar – soya, tvorog va tuxum oqsilini isteʼmol qilinishi, yogʼlarning bir kecha-kunduzlik miqdorini 50 gramm mikdorida,suyuqlikning sutkalik miqdori ajratilgan peshobning mikdoriga qarab + 200 mlni tashkil etishi kerak.
Davo jarayonida patogenetik: yaьni kortekosteroidlar, antiagregantlar, immunosupressiv vositalar, antibiotiklar, peshob haydovchi, gipotenziv dorilar va simtomatik terapiya qoʼllanadi. Davolash uzok yillar davomida statsionar va ambulator sharoitda olib boriladi.
Аnvar ZUFАROV,
Toshkent shahar Nefrologiya
shifoxonasi bosh shifokori,
tibbiyot fanlari doktori, professor.

Оставьте комментарий