Qanday qilib tish ogʼrigʼini tez qoldirish mumkin?

DO`STLARGA ULASHING:

Oʼtkir tish ogʼrigʼiga koʼp hollarda ichki haroratning ortishi, karies, tish nervisining ochilib qolishi va milklarning shishishi oqibatida ogʼiz boʼshligʼining shamollashi sabab boʼladi.
Ogʼriqni qoldirish uchun halq tabobat usullarini qoʼllash mumkin.
Xalqona davollash usullari
Аgar uydagi tibbiyot qutichangiz boʼsh boʼlsa, va qaysidir sababga koʼra aptekaga bora olmasangiz yoki ogʼriqni qoldiruvchi dorilarni qoʼllashda sizda jiddiy muammo yoki qarshi koʼrsatmalar boʼlsa, tish ogʼrigʼini qoldirish uchun halq tabobatidan foydalanish mumkin (http://adento.ru/340-zubnaya-bol-kak-ubrat-oblegchit-uspokoit-ili-ostanovit.html). Birinchi navbatda, turli xalqona ogʼiz chayish vositalari kiradi. Аgar dastlabki bosqichda chayqashni ogʼiz boʼshligʼini yaxshilab tozalash uchun ishlatgan boʼlsangiz, ogʼriqni qoldirish uchun chayqashni har 15-20 daqiqada takrorlab turish zarur. Chayqash uchun ozuqa sodasi, osh tuzi yoki dengiz tuzidan foydalanish mumkin. Eritmani tayyorlash uchun bir stakan iliq suvga yuqorida sanab oʼtilgan moddalardan birortasini bir choy qoshiq miqdorida solinadi. Chayqash vositasining antiseptik xususiyatlarini kuchaytirish uchun eritmaga besh tomchi yodni tomizish mumkin. Shuningdek ogʼriqni moychechak, kalendula, mavrak (shalfey), yalpiz va igir (air) tomiri damlamasi ham yaxshi qoldiradi. Chinnigul, yalpiz va chakanda moyini ham ishlatish mumkin. Buning uchun paxtali tamponga yuqorida aytilgan moylardan biri shimdiriladi va ogʼrigan tishga qoʼyiladi. Shuningdek, kichkina yumaloqlangan tampon karies kovagiga qoʼyilishi mumkin. Xuddi shu tarzda tish ogʼrigʼiga qarshi maxsus dori tomizgʼilari (kapli)ni ishlatish mumkin.
Uy sharoitida tish ogʼirigʼini qoldirish
Mahalliy “ogʼriqni qoldiruvchi” malham sifatida konьyak, aroq yoki tarkibida spirt mavjud boʼlgan achchiq ichimliklarni ishlatish mumkin. Biroq ushbu vositalar bilan faqat ogʼizni chayib, tuflab tashlash lozim, ularni ichga yutish maqsadga muvofiq emas. Chayish davomida alkogolning maʼlum bir qismi milk toʼqimasiga soʼriladi, milk uvushadi va siz vaqtincha ogʼriqdan xalos boʼlasiz. Propolis (asalari yelimi, uyasi) ham ogʼriqni qoldiruvchi hisoblanadi. Uning taʼsiri novokainning taʼsiriga oʼxshaydi. Spirtli eritma yoki plastinkali moddani ishlatishimiz mumkin. Spirtli eritma bilan milkning ogʼrigan joyini arting, soʼngra shu eritma yordamida ogʼizni yaxshilab chayqab, ketidan mazkur eritmani paxtaga shimdirib ogʼrigan joyga qoʼyiladi. Plastinkali propolisni ishlatgan taqdirda, ogʼrigan tishingizda agar kovak mavjud boʼlsa, kovakni propolis bilan yopish zarur. Аgar koronka (qoplama)si yoki plomba ostidagi tish ogʼriyotgan boʼlsa, propolisni ogʼriyotgan tishning tagiga yaʼni milkka qoʼyish kerak. Bu tish ogʼrigʼini qoldirishda judayam yaxshi va taʼsirchan vosita hisoblanadi, biroq asal yoki asalarichilikning boshqa mahsulotlariga allergiyasi boʼlgan bemorlar uni qoʼllamasliklari lozim. Ogʼrigan milk yoki tishni muzlatish maqsadida valokordin tomchilari ham qoʼllaniladi, u bilan tampon shimdiriladi va ogʼrigan tishga bosiladi, ayrim hollarda esa ogʼrigan joyga muz boʼlagi ham ishlatiladi, uni ogʼrigan joyga surtishadi. Аmmo shuni unutmangki, yuqorida sanab oʼtilgan barcha usullar vaqtinchalik vosita hisoblanadi. Ogʼiz boʼshligʼi (tish atrofida) yalligʼlanish kuchaygan sari, ogʼriqni qoldirish qiyinlashaveradi, shuning uchun imkon qadar tezroq stomatologga murojaat qilib, davolash muolajalarini oʼtkazish maqsadga muvofiq boʼladi.
Soʼnggi bir necha kichik maslahatlar
Аgar siz ogʼriqni qoldiruvchi preparatlarni isteʼmol qilmoqchi boʼlsangiz, unda albatta, dorining yoʼriqnomasi bilan tanishib chiqing. Yoʼriqnomada preparatning qoʼllanilishiga qarshi koʼrsatmalar, isteʼmol qilish miqdori, uning nojoʼya taʼsirlari batafsil bayon qilingan. Koʼp hollarda ogʼrigan tishga har qanday analьgetik (masalan aspirin)ni qoʼyib, ogʼriqni qoldirish mumkinligi haqida maslahatlarni eshitib qolamiz. Buni qilish qatʼiyan tavsiya etilmaydi. Siz bu harakatingiz bilan usiz ham yalligʼlangan boʼshliqqa infektsiya olib kirishingiz va yana ogʼiz shilliq qavatini aspirin bilan kuydirib qoʼyishingiz mumkin. Ogʼriq vaqtida isituvchi muolajalarni qila koʼrmang. Ogʼrigan tishingizga issiq grelkani qoʼymang, yanogʼingizni sharf yoki roʼmol bilan oʼramang, chayqash uchun tayyorlagan eritmangiz esa xona xaroratidan bir oz baland boʼlishi lozim. Ogʼriqqa issiqlik orqali taʼsir qilish maʼlum bir yengillik bersa-da, uning taʼsiri ostida yalligʼlangan joyda mikroblarning faollashishi roʼy beradi, yalligʼlanish jarayoni yanada kuchayadi va bu abstsessning hosil boʼlishiga olib keladi, shuningdek, yalligʼlanish qoʼshni toʼqimalarga oʼtishi mumkin.
Shuningdek, xitoy massajini (nuqtali uqalash usulini) ham qoʼllash mumkin
Tish ogʼrigʼini kamaytirish yoki undan xalos boʼlishga yordam beruvchi nuqtalar:
Xe gu nuqtasi – kaftning orqa tomoni, bosh va koʼrsatkich barmoqlar pardasining oʼrtasida.
Le syue nuqtasi – bilak suyagining yuqori chekkasida. Аgar kaftlarni koʼrsatkich va bosh barmoqlar oʼrtasidagi pardalarni bir biriga birlashtirilgan holda kesishtirilsa, bunda koʼrsatkich barmoq aynan shu nuqtani koʼrsatib turadi.
Tishlar sugʼurilganda uqalanadigan nuqta – quloqning solinchagi jagʼga birlashgan joyda.
Sya guanь nuqtasi – yonoq suyagining pastki qirgʼogʼi tagida, pastki jagʼ suyagining oshiqlari tutashgan joyda. U yerda kichik chuqurchani topish mumkin.
Da in nuqtasi – pastki jagʼning quyi chekkasida. Fikran pastki jagʼning burchagidan gorizontal chiziq tortsangiz, ana shu yerda nuqta mavjud. Jagʼ mushagi tortilganda shu joyda chuqurcha hosil boʼladi.
Har bir nuqtani uch daqiqagacha uqalang.
Uqalash yoʼli bilan siz ogʼriqni vaqtinchalik qoldirasiz, biroq karies yoki shamollash jarayonini davolay olmaysiz. Shuning uchun har qalay mutaxassisga borishingizga toʼgʼri keladi.

15 комментариев к “Qanday qilib tish ogʼrigʼini tez qoldirish mumkin?”

  1. Уведомление: คาสิโนออนไลน์เว็บตรง

  2. Уведомление: bergara rifles

  3. Уведомление: sbobet

  4. Уведомление: buy psilocybin mushrooms online usa​

  5. Уведомление: second brain template

  6. Уведомление: โดจิน

  7. Уведомление: voir ce site

  8. Уведомление: magic mushroom chocolate bars denver

  9. Уведомление: cornhole distance

  10. Уведомление: polka dot chocolate mushroom ingredients

  11. Уведомление: Plantation Shutters

  12. Уведомление: liberty cap mushrooms benefits

  13. Уведомление: METHAMPHETAMINE CRYSTAL Buy Crystal Meth Online For Sale New South Wales

  14. Уведомление: roof skylight

  15. Уведомление: clase azul tequila limited edition​

Комментарии закрыты.