Google qidiruv tizimiga raqobat qiladigan tizimlar

DO`STLARGA ULASHING:

Google qidiruv tizimiga raqobat qiladigan tizimlar
#foydali

Hozirda eng katta qidiruv tizimi Google hisoblanadi, shu bilan birga, foydalanuvchi haqida eng ko’p ma’lumotlarni to’playdigan xizmat ham ayana shu gigant. Shu sababli, siz biror nima qidirmoqchi bo’lsangiz, Google sizga oldingi qidirgan so’zlaringizni taklif qilib turadi yoki ko’p kirgan saytlaringizni chiqarib turadi.

Google qidiruv tizimi qanday ishlaydi?(qisqacha)
Sayt egasi, o’z saytini Google tizimidan ro’yxatdan o’tkazadi va tizimga bu sayt haqida qisqacha ma’lumot yozadi, shundan so’ng, Google algoritmi saytni kuzatishni boshlaydi, saytga kiritilgan har bir yangilik ma’lum vaqtda Google bazasidan joy oladi(indekslanadi) va shu baza orqali foydalanuvchilarga sizning sahifalarni taklif qilishi mumkin. Shu bilan birga ba’zi saytlar ro’yxatdan o’tmasligi yoki sahifalar indekslanmasligi mumkin, bu sayt egasining xatosi bilan bo’ladi.

Google tizimidan kerakli ma’lumotlarni topaolmaslik, bu ma’lumot internetda mavjud emas degani emas, uning bazasida sizga kerakli sahifalar bo’lmasa, boshqa qidiruv tizimi bazasida bo’lishi mumkin, quyida boshqa qidiruv tizimlari bilan tanishishingiz mumkin:

? Yandex.ru
? Yahoo.com
? Bing.com
? Duckduckgo.com
? Yacy.net
? Wolframalpha.com
? Dogpile.com
? Boardreader.com
? Startpage.com
? Baidu.com(xitoyliklarning eng katta qidiurv tizimi)
? Rambler.ru
? Mail.ru

☝️Bularni ishlatish biroz noqulaylik tug’dirishi mumkin, chunki siz Google tizimiga o’rganib qolgansiz, lekin bu saytlar Google kabi sizning har bir qadamingizni kuzatib, ma’lumotlarni yig’ib bormaydi.

Оставьте комментарий