DO`STLARGA ULASHING:
Fikrlashni talab qiladigan kulguli mantiqiy savollar. Oila hamda do’stlar davrasiga quvnoqlik bag’sh etadigan mantiqiy savollar to’plami bilan tanishishni boshlashingiz mumkin.
1. Choyni qaysi qo’l bilan aralashtirish kerak?
Savolning javobi
Choyni qo’l bilan emas, balki qoshiqcha bilan aralashtirish maqsadga muvofiq.
2. Bir shox, bir ko’z, ammo karkidon emas.
Savolning javobi
Sigir burchakdan boshining yarimini chiqarib poylamoqda.
3. U sizga tegishli, ammo boshqalar undan sizga nisbatan ancha ko’proq foydalanishadi. U nima?
Savolning javobi
Sizning ismingiz.
4. Kim o’tirgan holda yuradi?
Savolning javobi
Shaxmatchi.
5. Siz mashinaga o’tirdingiz va uni haydamoqchisiz, lekin oyoqlaringiz pedallarga yetmayapti. Bu holda nima qilish kerak?
Savolning javobi
Yo’lovchi o’rindig’idan haydovchining o’rindig’iga o’tish kerak.
6. Umida qog’ozga 86 sonini yozib, dugonasidan «ushbu sonni qog’ozda hech narsani o’chirmasdan, bo’yamasdan va chizmasdan 12 ga oshira olasanmi» deb so’radi.
Dugonasi buni eplay oldi. Qanday qilib?
Savolning javobi
Qog’ozni teskari qilish orqali, bunda 86 -> 98 ga aylanadi
7. U savol emas, lekin unga javob berish kerak.
Savolning javobi
Qo’ng’iroq yoki eshik jiringlashi.
8. Hamma narsani ko’rayotganda uni ko’rmaysiz.
Hech narsani ko’rmaganda esa uni ko’ra olasiz. U nima?
Savolning javobi
Qorong’ulik.
9. Yengil yoki og’ir bo’lishi mumkin. Lekin vaznga ega emas.
Tez va asta bo’ladi, ammo yugurishga, uchishga, suzishga ham qodir emas.
U nima?
Savolning javobi
Musiqa.
10. Professor do’stlarini o’zining maxsus salati bilan mehmon qilishni niyat qildi. Buning uchun unga: 3 ta bulg’or qalampiri va huddi shuncha pomidor, pomidorlardan ko’ra kamroq, ammo piyozdan ko’proq bodring kerak bo’ladi. Professor jami bo’lib necha dona turli xil sabzavotlar ishlatadi.
Savolning javobi
9 ta.
11. Ko’rganda quvonamiz, lekin baribir ko’zimizni olib qochamiz?
Savolning javobi
Quyosh.
12. Ular qanchalik ko’p bo’lsa, vazni shunchalik kamayib ketaveradi?
Savolning javobi
G’ovaklar.
13. Uni chap qo’l bilan ushlasa bo’ladi, lekin o’ng qo’l bilan hech qachon ushlab bo’lmaydi?
Savolning javobi
O’ng qo’lning tirsagi.
14. Mashxur sehrgar xonaning o’rtasiga shisha qo’yib, unga kira olishini aytdi. Bu qanday qilib mumkin?
Savolning javobi
Xonaga barcha kira oladi, shisha qo’yish shart emas.
