DO`STLARGA ULASHING:
Malware — nima?
ℹ️ Malware (kengaytmasi: malicious software; o’zbekchada: zararli dasturiy ta’minot) bu kompyuterga, serverga yoki kompyuter tarmog’iga zarar yetkazish uchun qasddan ishlab chiqilgan har qanday dasturiy ta’minotdir.
? Malware — kompyuter viruslari, worm-lar, troyan viruslari, ransomware, spyware, adware-larning «otasidir», ya’ni yuqorida sanab o’tilganlarning hammasi umumiy qilib malware deyiladi.
☠️ Malware barcha ma’lumotlarni, o’g’irlashdan tortib to butun tizimlar yoki qurilmalarni buzishgacha bo’lgan har xil xavfli ishlarni amalga oshirishi mumkin.
? Malware-lardan himoyalanish foydalanuvchi hushyorligi va u ishlatadigan himoya vositalariga bog’liqdir.
? Zararli dasturlarni tarqatuvchilar o’z o’ljalarini «Siz iPhone X yutub oldingiz. Olish uchun bu yerga o’ting» yoki «Falon brenddan aksiya» deb o’zlariga jalb qiladilar.
P.S.: Shunday ekan har xil yolg’onlarga aldanmang,tekin pishloq faqat qopqonda bo’ladi.