GOOGLEda AQLLI qidirish

DO`STLARGA ULASHING:

GOOGLEda AQLLI qidirish

Aniqroq qidirish
Qandaydir iborani aniq qidirish uchun qidiruvdagi so’zlarni qo’shtirnoq bilan belgilang.
Masalan: «yangi tartib qoida» faqat aniq shu iborani o’z ichiga olgan natijalarni taqdim etadi.

So’zlarni qoldirish
Qidiruvdagi so’z oldiga tire qo’yish bu so’zni o’z ichiga olgan natijalarni olib tashlaydi.
Masalan: Barcelona -football, futbol jamoani emas, Barselona shahri natijasini beradi.

O’xshash so’zlar
So’zdan oldingi tilda qo’yish sizning qidiruvingizda ushbu so’zga o’xshash so’zlarga ega natijalarni ham taqdim etadi.
Masalan: ~hotel, jumladan hotel, motel va boshqa shunga o’xshash natijalarni beradi.

Raqamlar oralig’i
Raqamlarni hammasini kiritib o’termang va qidiruvdagi raqamlar orasiga … qo’shing.
Masalan: 1911 … 1921 toshqin 1911-1921 yillar oralig’ida toshqinlar natijalarini qaytaradi.

Saytlarning turlari
Saytni qo’shish sizning qidiruvingizga faqat ba’zi veb-saytlarni qidirishga imkon beradi.
Masalan: economics site:edu faqat edu bilan tugaydigan saytlardan economics so’zini qidiradi.

Fayl kengaytmasi
Qidiruvingizga fayl kengaytmasini qo’shsangiz, xuddi shu turdagi fayllarga havolalarni olasiz.
Masalan: global isish .ppt global isish haqidagi PowerPoint taqdimotlariga havolalarni beradi.

Bir nechta so’zlar
So’zlar orasida OR qo’shilsa, ikkala so’zdan kamida biri qatnashgan natijani beradi.
Masalan: Paxtakor OR Buxoro o’yin chiptalari, shu jamoalar o’yinlariga chiptalarni qaytaradi.

Natija toifasi
Natija turi bo’yicha qidiruvingizni toraytirishni unutmang.
Masalan: Somali qidirsangiz va «News» yorlig’ini tanlasangiz, Somali haqida yangiliklar va maqolalarga havolalarni olasiz.
@kompyuter_bilimlari

Оставьте комментарий