DO`STLARGA ULASHING:
HARBIY XIZMATDAN BO‘YIN TOVLASH
🟢 Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 237-moddasiga ko‘ra, muddatli harbiy xizmat yoki muqobil xizmatga chaqiruvdan, safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmati safiga olinishdan yoki xizmatni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezervida o‘tashdan bo‘yin tovlash — bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
🟢 Fuqarolarning mudofaa ishlari organlariga chaqiruv uchastkasi qayd hisobidan o‘tish uchun chaqiruv bo‘yicha uzrli sabablarsiz kelmaganligi esa mazkur kodeksning 235-moddasiga ko‘ra — bazaviy hisoblash miqdorining o‘ndan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.