ISH HAQINI VAQTIDA BЕRILMASLIGI

DO`STLARGA ULASHING:

ISH HAQINI VAQTIDA BЕRILMASLIGI

⚡️SAVOL;
Men ishlab kelayotgan tashkilotda oylik ish haqi 2 oydan beri to‘lanmay kelmoqda. Ish beruvchiga murojaat qilsak ana beraman, mana beraman deb cho‘zib yuribdi. Oylikni bermay yurishi to‘g‘rimi ?

⚡️JAVOB;
Mehnat kodeksining 161-moddasida, mehnatga haq to‘lash muddatlari jamoa shartnomasi yoki boshqa lokal normativ hujjatda belgilanadi va har yarim oyda bir martadan kam bo‘lishi mumkin emasligi ko‘rsatilgan. Mazkur kodeksning 154-moddasida esa, ish beruvchi o‘zining moliyaviy holatidan qat’i nazar, xodimga bajargan ishi uchun haqni yuqoridagi 161-moddada ko‘rsatilgan muddatlarda to‘lashi shart qilib belgilangan.

✅ Norma aniq. Tushunish qiyin bo‘lgan joyi yo‘q. Demak ish beruvchi (Puli bormi yo‘qmi buni ahamyati yo‘q) oylikni bir oyda ikki marta o‘z vaqtida berishi shart.

Оставьте комментарий