A
|
A dan boshlab alifbo
Bo’ling der doim a’lo
Unlidirman unutmang
Bo’lingiz doim dono.
|
B
|
Bolalarga bosh bo’lar
Sizlarga sirdosh bo’lar
Bahrom, Barno, Botirni
Yozganda yo’ldosh bo’lar
|
D
|
D man davrada doim
Dono bo’ling iloyim
Davron, Dilshod, Dilafruz
Dostdir hamisha hamro’z.
|
E
|
E demang meni ko’rib
Ehtiyot bo’ling kulib
Ekranda Erkin akam
Ertak so’zlar chinakam.
|
F
|
F harfiman men o’zim
Fahmlang har bir so’zim
Farida, Furqat, Farhod
Mendan bishlanar faqat
|
G
|
G ga quloq tutingiz
Gulzorlarga o’tingiz
Gul ushladim qo’limga.
Gilam to’shang yo’limda.
|
H
|
H man hayron bo’lmaglar
Yo’lni to’sib turmanglar
Handalak bor qo’limda
Hamrph bo’ling yo’limda.
|
I
|
I harfini bilingiz
Ishda ilg’or bo’lingiz
Iroda, Izzat, Ikrom
Istagi o’qish tamom.
|
J
|
J harfini bilasiz
Nega jahl qilasiz?
Jamila, Jasur, Javlon
Jo’jani quvdi chunon.
|
K
|
K dan koptok yozamiz
Katta bo’lsak o’zamiz
Kattani aylang hurmat
Keladi baxt – saodat.
|
L
|
L dan lola yozamiz
Limuzinda o’zamiz
Latif, Laylo, Latofat
Loqaydlikka yo’q toqat.
|
M
|
M dan yozilar maktab
Mening do’stimdir kitob
Murod, Maqsud, Mo’tabar
Madina maktub yozar.
|
N
|
N harfini bilamiz
N siz nima qilamiz?
Noz – ne’mat non bo’ldi
Ochil dasturxon bo’ldi.
|
O
|
O oyga o’xshar ekan
Osmonda uchar ekan
Obid, Olim, Ozoda
Ostonang bo’lsin toza
|
P
|
P harfiman bilingiz
Kuzda paxta teringiz
Po’lat, Parfi, Pokiza
Paxta teringiz toza.
|
Q
|
Q dan qayiq yozamiz
Qayerlarga suzamiz
Qishda qarg’a uchadi
Qarang, qorni quchadi.
|
R
|
R ga ruxsat beramiz
Rasm so’zin yozamiz
Ra’no, Rahim, Ruhsora
Dono, aqlli bola.
|
S
|
S man soatga boqing
So’zining mag’zin chaqing
Sobir, Said, Surayyo
So’zdan adashmang aslo.
|
T
|
T man tanib olursiz
To’maris deb yozursiz
Toshkent ona shahrimdir
T harfidan yozgumdir.
|
U
|
U man uchrab ko’p so’zda
Sizga tanish bo’laman
Uzum, ummon, Umida
So’zlarini yozaman.
|
V
|
Men V durman bilursiz
Varrak so’zin yozursiz
Vasila, Vohid, Vail
Yozing kelganda gali.
|
X
|
Qattiq X derlar meni
Yozgum taxta, paxtani
Xo’roz, xona, xola ham
Men bilan bo’ladi jam.
|
Y
|
Y man balki bilursiz
Yo tanimay qolursiz
Yo’lchi, Yo’ldosh, Yoqut deb
Mendan boshlab yozursiz.
|
Z
|
Z deydilar otimni
Bilasizmi zotimni
Zuhra, Zahro, Zokirjon
Mendan boshlanur chunon
|
O’
|
O’ deydilar har zamon
O’tir, o’rtoq bo’laman
O’zbekiston so’zini
Faxr bilan yozaman.
|
G’
|
G’ harfini tanirsiz
G’ayrat bilan o’qirsiz
G’ani, G’ulom, G’afurning
G’amini yo’qotursiz.
|
Sh
|
Sh harfiman bilasiz
Shoshib – shoshib kelasiz
Shokir, Shahzod, Shadmonni
Shogirtlikka olasiz.
|
Ch
|
Ch man tanib olingiz
Charchoq bilmay qolingiz
Chollarni chaman qilib
Chaqqon – chaqqon bo’lingiz.
|
Ng
|
Ng bordir singilda
Yoki biror ko’ngilda
Tongda dengizda suzdim
Daladan bordring uzdim.
|
‘
|
Tutuq qo’yib yozaman
Unlini sal cho’zaman
Ra’no, ma’no, a’lodir
Yaxshi bola donodir.
|