Hazorfan Ahmet Chalabiy

DO`STLARGA ULASHING:

Hazorfan Ahmet Chalabiy

Hazorfan Ahmet Chalabiy — dunyoda birinchi marta qanotlar yordamida uchishga muvaffaq bo’lgan turk olimidir. Ma’lumki, XVII asrda yashab, 1623-1640 yillar oralig‘ida hukmronlik qilgan Sulton Murod IV davrida o‘zining uchish rejasini amalga oshirib, keng bilimi tufayli xalq orasida Hazorfan (ming san’at) laqabini olgan. Uyida turli mavzularda tajriba va tadqiqotlar bilan shug’ullangan Hazorfan Ahmet Chalabiy boshqa bir turk olimi Ismail Jevheriydan o’rnak olib, bugungi samolyotning ilk namunaviy shaklini yaratdi. U Oqmeydanida qushlarning parvozini oʻrganish orqali tarixiy parvozidan oldin tayyorlagan qanotlarining chidamliligini sinash uchun tajribalar oʻtkazdi va bir kuni ertalab qirgʻoqqa toʻplangan Istanbul ahlining koʻz oʻngida oʻzini uchishda sinab ko’rdi. Galata minorasidan qanotlarini qimirlatib, Bosforni kesib o’tdi va Üsküdar tumaniga qo’ndi. Bu holatni Sarayburnudagi Sinan posho saroyidan kuzatgan Sulton Murod IV, dastlab Chalabiy bilan juda yaqindan qiziqqan. Keyinchalik ma’lum sabablarga ko’ra Chalabiy Jazoirga surgun qilingan va  o‘sha yerda vafot etgan.

Оставьте комментарий