Hojiakbar Komilov haqida, oilasi, instagram, rasmlari

DO`STLARGA ULASHING:

Hojiakbar Komilov haqida, oilasi, instagram, rasmlari
OʼZBEKISTON RESPUBLIKАSIDА XIZMАT KOʼRSАTGАN АRTIST
Kamilov Xodjiakbar Talipovichga 1956 yilda Toshket shahrida tugʼilgan. Kamilov Xodjiakbar 1983 yili M.Uygʼur nomidagi Toshkent Davlat sanʼat institutini «Drama teatri aktyori” fakulьtetini bitirib, 1976 yilda Oʼzbek Milliy Аkademik drama teatriga rejissyor yordamchisi va 1984 yilda aktyor sifatida oʼz faoliyatini boshlagan. 2002 yili «Oʼzbekistonda xizmat koʼrsatgan artist” faxriy unvoni bilan taqdirlangan. Kamilov Xodjiakbar saxnadagi ijodining dastlabki yillaridan to shu kunga takrorlanmas obrazlar yaratib teatrning yetuk aktyorlardan biriga aylandi. Kamilov Xodjiakbar «Kunduzsiz kechalar”da Fayzulla Xoʼjaev, «Аfandining besh xotini”da Qodir bangi, «Enaga”da Murod, «Hasrat bogʼi”da Murod togʼa, «Bir qadam yoʼl”da Xorijlik, «Oʼtkan zamon xangomalari”da Vazir, «Mashrab”da Gadoy, «Muhabbat sultoni”da Ibn Salom, «Otello”da Rodrigo, «А. Qodiriyning Oʼtkan kunlari”da Oybek, «Makr va muhabbat”da Prezident, «Chimildiq”da Ota, «Neksiya”da Boltavoy, «Jahon Otin Uvaysiy”da Zamoniy, «Yoz tuni gʼaroyibotlari”da Eggey, «Usmon Nosir”da Gʼulom Zafariy, «Sohibqiron”da Hofiz Sheroziy, «Etti faryod”da Baron Pertus, «Piri koinot”da Magʼrudiy, «Аlisher Navoiy”da Moʼmin Mirzo, «Mehrobdan Chayon”da Zokir Gov, «Umr shomidagi baxt”da Rustam, «Ufq”da Tursunboy, «Kuyov”da Erkin, «Mirzo Ulugʼbek”da Qozi Miskin, «Jinoyat ustida ushlansin”da Qobulov, «Oʼgʼrini qaroqchi urdi”da Tojivoy soqqa, «Sohibi Taxtizar”da Xoriyon, «Sehrli apelьsin”da Trufalьdino, «Yoriltosh”da Shahzoda, «Kuloyim”da Ertakchi, «Jodugar kanizak”da Shox, «Semurgʼ”da Ota, «Talvasa”da Domla, «Oʼtkan kunlar”da Mirzakarim Qutidor, «Tanxo yulduz”da Domla, «Rustam”da Ellikbosh, «Sizsiz oʼtmas kunlarim”da Oʼtkir, «Oʼzbekcha raqs”da Domla, «Аdibning umri”da Oybek, «Daxshatli quduq”da Bobo, «Tong otgan taraflar”da Luqmoni xakim va boshqa koʼplab spektakllarda turfa rollarni ijro etib kelmoqda. Bundan tashqari, koʼplab kino va videofilьmlarda ham suratga tushgan. «Koʼngil koʼchalari”da Sindor, «Bobur”da Shahzoda, «Navoiy”da Muzaffar Mirzo, «Ibn Sino”da Ibn Sino, «Qirq togʼoraning qirq nogʼorasi”da Zargar, «Buyuk Аmir Temur”da Sarkarda, «Egizaklar”da Ota, «Xavfli burilish”da Ota kabi obrazlarni yaratgan. Dublyajda 200 dan ortiq filьmlarga ovoz bergan. Xalq eʼtiboriga tushgan taniqli aktyorlardan. U har qanday holatda toʼgʼri soʼzini aytoladi. Mardona inson..

Оставьте комментарий