Homiladorlikda shamollashdan ehtiyot boʼling

DO`STLARGA ULASHING:

Homiladorlik davri yilning ikki mavsumini oʼz ichiga oladi. Har bir mavsumning oʼz injiqliklari bor. Аlbatta gripp epidemiyasi keng tarqalgan paytlarda homilador ayollar imkon qadar odam gavjum joylarda kamroq boʼlishlari lozim. Lekin bu ham shamollab qolmaslik uchun 100 foizlik kafolat boʼlmaydi. Masalan, yozda ham yelvizaklar, uy, ishxonalarga oʼrnatiladigan sovutkichlar yoki jaziramada jonga orom beruvchi muzdek yeguligu ichimliklar taʼsirida shamollab qolish xech gap emas. Xoʼsh, boʼlajak ona oʼzini avaylashga shuncha urinsa-da, shamollab qolsa, qanday choralarni qoʼllash kerak?
pregnant girl rests
Boʼlajak ona homiladorlikning erta muddatlarida shamollab qolsa, homilada kislorod yetishmaslik alomatlari yuzaga kelishi va homila rivojlanishdan ortda qolishi mumkin. Shuning uchun bu vaziyatda organizmdagi infektsiyani bartaraf etishga qaratilgan davo choralarini qoʼllash nihoyatda muhim. Ogʼir virusli infektsiyalar homilaning aynan ona shamollagan davrida shakllana boshlagan aʼzolari rivojidagi buzilishlar koʼrinishida taʼsir qilishi mumkin. Gripp oqibatida homilani oʼrab turgan suvning koʼpayishi va loyqalanishi, homila tushish xavfi, muddatdan oldingi tugʼruq va ayol salomatligining yomonlashuvi (ayniqsa, immun tizimi zarar koʼradi) kabi noxush holatlar yuzaga kelishi mumkin.
Ilk alomatlarini sezishingiz hamon…
Аgar oʼtkir respirator kasalliklarni yurib oʼtkazgan boʼlsangiz, homiladorlikda aslo bunday qila koʼrmang. Shuning uchun kun tartibingizni shunday rejalashtiringki, unda yetarlicha dam olishga ham vaqtingiz boʼlsin. Аlbatta statsionar sharoitda davolaning.
Аgar shomollaganingizni, tomoq qichishishi, boshda ogʼirlikni sezsangiz, suyuqlik isteʼmol qilishni koʼpaytiring: limonli yoki malinali choy, malina barglari yoki shoxchalaridan damlamalar, asalli sut shular jumlasidandir.
Tomoq qichishganida limonning boʼlagini shimish foydali (shakarsiz).
Bunday paytda organizmga oʼz-oʼzini tiklashi uchun koʼproq kuch kerak. Uning kuchini esa ogʼir, yogʼli ovqatlarni hazm qilishga yoʼnaltirmagan maʼqul. Shuning uchun shamollagan davrda past kaloriyali parhezga amal qilgan maʼqul.
Tuz isteʼmol qilishdan cheklaning, u shishlarni yuzaga keltirishga qodir. Bu esa burun bitishiga oʼxshash yoqimsiz holatlarni kuchaytiradi xolos.
Piyoz yoki sarimsoq piyozni mayda boʼlaklarga boʼlib, idishchalarga soling-da xonaning har joyiga qoʼyib chiqing. Bu ham shamollashga qarshi kurash vositasi, ham oilaning boshqa aʼzolari virusli infektsiyalarni yuqtirib olishining oldini oladi.
Yodingizda boʼlsin, shamollash endi boshlanayotganda boʼlajak onalarga oyoqlarni bugʼlash va issiq vanna qilish mumkin emas. Yana, baʼzi dorivor giyohlardan foydalanish taqiqlanadi. Bordi-yu, ulardan foydalanishga qaror qilsangiz, albatta yoʼriqnomasini diqqat bilan oʼqing.
Аntibiotiklarni qoʼllash mumkinmi?
Homiladorlikda antibiotiklarni faqatgina grippning ogʼir asoratlari yuzaga kelgan (masalan, oʼpkalar yalligʼlanishi xavfi boʼlgan) hollardagina tavsiya etiladi. Shunda ham ularning barchasi homiladorlikda qoʼllanilavermaydi. Shifokorlar faqatgina yoʼriqnomasida boʼlajak onalarga qoʼllashga ruxsat berilganlarinigina yozib berishadi. Ularni faqatgina shifokor nazorati ostida, oʼta extiyotkorlik bilan qoʼllash lozim.

Оставьте комментарий