Homiladorlikdagi tomir tortishishiga qarshi 6 chora

DO`STLARGA ULASHING:

Homiladorlikdagi tomir tortishishiga qarshi 6 chora

Bo‘lajak onalar ko‘pincha kechalari oyoq tomirlarining tortishishidan aziyat chekadilar. Buning sabablari va choralarini quyida sanab o‘tamiz.
🔴 1. Oyoq tomirlari tortishganda karavotga yoting -da, oyoqlarni asta buking va qo‘yib yuboring, toki og‘riq ketguncha mashqni asta-sekinlik bilan davom ettiring.
🔴 2. Agar shunda ham qolmasa, oyoqlarni uqalang, agar bu sizga noqulaylik tug‘dirsa, turmush o‘rtog‘ingizdan iltimos qiling.
🔴 3. Tomir tortishib turgan joyga dorixonalardan topish mumkin bo‘lgan xantalni namlab yopishtiring. Xantal oyoq mushaklarini qizdirib, tinchlantiradi.
🔴 4. Shuningdek, dorixonalarda sotiluvchi muzlatuvchi gel kremlardan harid qiling. Ammo avval yo‘riqnomasini yaxshilab o‘qib chiqing, agar qarshi ko‘rsatmalar bo‘lmasa, tomir tortishayotgan joyga geldan surting, mushaklar tinchlanadi.
🔴 5. Ovqatlanish ratsioningizga magniy va kaliyga boy mahsulotlarni: kartoshka, grechixa bo‘tqasi, tarvuz, shokolad, banan, o‘rik turshagi, mayiz va yong‘oqlarni kiriting.
🔴 6. Oyoq uchun uxlash oldidan kontrast vannalar qabul qiling. Ammo issiq va sovuq orasidagi farq 5 darajadan oshmasligi lozim. Suvga dengiz tuzlaridan solib yuborsangiz ular mushaklar bo‘shashishiga yordam beradi.

Оставьте комментарий