IMOM AL-BXURORIY YODGORLIK MAJMUI

DO`STLARGA ULASHING:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 29-apreldagi «Imom al-Buxoriy tavalludining hijriy-qamariy taqvim bo‘yicha 1225 yilligini nishonlash to‘g‘risida»gi qarori asosida allomaning maqbarasi o‘rnida maxsus yodgorlik majmui barpo etildi.
IMOM AL-BXURORIY YODGORLIK MAJMUI
IMOM AL-BXURORIY YODGORLIK MAJMUI
Imom al-Buxoriy yodgorlik majmui — Samarqanddagi me’moriy yodgorlik, ziyoratgoh. Imom al-Buxoriy dafn etilgan Chelak tumani Hartang qishlog‘idagi qabriston musulmon axlining eng tabarruk va aziz ziyoratgoxlaridan bo‘lib kelgan. XVI asrda Imom al-Buxoriy kabri ustiga mo‘jazgina maqbara, yoniga masjid qurilib, hovlisiga bir necha tup chinor ekilgan. Lekin sho‘ro tuzumi davridagi dahriylik siyosati tufayli bu maskan qarovsiz ahvolga tushib qolgan edi. O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng Imom al-Buxoriy kabi butun umrini iymon va e’tiqod, ilm-ma’rifat, diyonat yo‘lida baxshida etgan ulug‘ zotlar xotiralarini e’zozlash. ular nomlari bilan bog’liq joylarni obodonlashtirishga alohida e’tibor berila boshlandi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 29-apreldagi «Imom alBuxoriy tavalludining hijriy-qamariy taqvim bo‘yicha 1225 yilligini nishonlash to‘g‘risida»gi qarori asosida allomaning maqbarasi o‘rnida maxsus yodgorlik majmui barpo etildi. Bu yodgorlik majmui O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov rahbarligida yaratilgan loyiha asosida Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent, Andijon, Namangan, Qo‘qon, Shahrisabz xalq ustalari tomonidan 1998-yilda qurilgan.
Majmua avvalambor ziyoratgoh, muqaddas qadamjo, so‘ng kundalik, juma, hayit namozlari o‘qiladigan joy vazifasini o‘taydi. Bu yerda hadis ilmini o‘rganish ishlarni amalga oshirish ham ko‘zlangan. Yodgorlik majmuining bosh rejasini tuzishda an’anaviy milliy me’moriy yechimlar (peshtoq, ravoq, gumbaz, ayvon va boshqa) asosida barpo etilgan binolar (maqbara, masjid, ma’muriy va boshqa inshootlar)bilan bezatilgan. Maqbara markazida oqishko‘k shaffof oniks toshdan ishlangan sag‘ana o‘rnatilgan. Maqbaraning o‘ng tomonidagi eshikdan zina orqali maqbaraning ostki qavatiga — daxmaga tushiladi. Yuqori qavatdagi sag‘ananing aynan ostida Imom al-Buxoriy jasadlari qo‘yilgan qabr marmartosh bilan qoplangan. Hovlining chap tomonida masjid joylashgan. Masjid — xonaqohning umumiy maydoni 786 kv.m. Peshayvonining umumiy mayd. 214 kv. m. Xonaqohva peshayvonda 1500 ga yaqin kishi namoz o‘qishi mumkin. Hovlining o‘ng qanotida ham peshtoqli va miyonsaroyli bino bor. Miyonsaroy gumbazi ham boshqa gumbazlar bilan bir xil shaklda va o‘lchamda qurilgan. Bu binoda kutubxona, ilmiy xodimlar xonasi va boshqa yumushlarga mo‘ljallangan xonalar mavjud. Bularning umumiy mayd. 946 kv. m. Peshayvonining mayd. 110 kv.m. Kutubxonada Qur’oni karimning noyob qo‘lyozmalari, turli nashrlari, Imom al-Buxoriy asarlarining nashrlari va boshqa kitoblar mavjud. Majmua to‘rida — maqbaraning orqa tarafida hadis ilmini o‘rganish uchun mo‘ljallangan o‘quv markazi — «Dorul hadio» binosi joylashgan.

18 комментариев к “IMOM AL-BXURORIY YODGORLIK MAJMUI”

  1. Уведомление: Sergeii_r Descargar Chaturbate

  2. Уведомление: historie med cbd og

  3. Уведомление: https://blogscout.net/2022/05/how-to-make-friends-in-college-tips-for/

  4. Уведомление: psilocybin mushrooms for sale

  5. Уведомление: Belfast escorts

  6. Уведомление: 토토밀라노

  7. Уведомление: buy viagra online

  8. Уведомление: site link

  9. Уведомление: click to read

  10. Уведомление: Buy DMT Powder Online Perth

  11. Уведомление: my blog

  12. Уведомление: poodlemix puppylife

  13. Уведомление: amature bbw cam

  14. Уведомление: empresa de informática

  15. Уведомление: wongkito4d

  16. Уведомление: https://www.kentreporter.com/reviews/phenq-reviews-urgent-side-effects-warning-honest-customer-truth/

  17. Уведомление: http://eshop.tsimedo.gr/changecurrency/1?returnurl=https://ecgma.co.za/

  18. Уведомление: หวยออนไลน์ LSM99

Комментарии закрыты.