DO`STLARGA ULASHING:
Ingamist ukoli
? Preparat xaqida asosiy maʼlumotlar.
Tarkibi:
1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 100 mg atsetiltsistein;
Yordamchi moddalar: dinatriy edetati, natriy gidroksidi, inyektsiya uchun suv.
? Ta’sir etuvchi modda(XPN):
atsetiltsistein
? Preparatning savdo nomi:
Ingamist
? Farmakalogik guruhi:
mukolitik vosita.
? Dori shakli:
inyektsiya uchun eritma
? Ta’rifi:
tiniq rangsiz, kuchsiz oltingugurt hidiga ega suyuqlik.
Ampula ochilganidan keyin havo bilan uzoq muddatli kontaktda kuchsiz pushti-binafsha rang tus paydo bo‘lishi mumkin.
? Qoʻllanilishi:
Nafas a’zolarining balg‘am hosil bo‘lishini kuchayishi bilan kechuvchi o‘tkir va surunkali kasalliklarini davolashda qo‘llaniladi.
