Instagramdan pul topsa bo’ladimi?

DO`STLARGA ULASHING:

Instagramdan pul topsa bo’ladimi?
(1–dars)

Instagramda umumiy hisobda 2 xil pul topish usuli bor. Ular:
• Reklama
• Give away

– Reklama orqali pul ishlash ham bir necha turlarga bo’linadi. Siz bilan bugun shulardan istoriya(stories) orqali reklama qo’yib pul ishlash haqida gaplashamiz.

Istoriya Reklama:
• Bunda siz ma’lum bir kompaniyadan ma’lum miqdorda pul olib, bir necha soatga yoki 1 kunga reklama joylashtirish orqali daromad qilasiz.
• Aslida istalgan turdagi bizneslarni reklama qilish mumkin, ammo Instagramda odatda turli xil yangi ochilgan kiyim do’konlar, kafe, restoranlar va hokazolar reklama berishadi.

P.s. Odatda istoriyasini 10 000 tagacha odam ko’radigan profillar bir dona reklamadan 100 000 so’mdan – 500 000 so’mgacha daromad qilishadi. Hech kimga aytib qo’ymang tag’in:)

Instagramdan pul topsa bo’ladimi?
(2–dars).

– O’tgan dars siz bilan Istoriya Reklama to’g’risida gaplashgan edik. Bu darsda Instagramda pul topishning birinchi bosqich ya’ni Reklama bosqichini 2–usuli haqida gaplashamiz.

Post(Lenta) reklama:
• Instagramda eng ko’p daromad olib keluvchi reklama turi hisoblanadi. Bu ham o’z navbatida bir necha turlarga bo’linadi.
• Lenta reklama taniqli bloggerlar tomonidan profilga joylanadi va shu bloggerlarning muxlislari orasida shu tovar yoki joyni xarid qilish ommalashadi.
• Hozirda vinegar ayniqsa lenta reklama orqali «нормальный» pul topishadi va shu mahsulotni vine video ichiga usta-omonlik bilan joylashtiriladi.

P.s. Hozir o’rtacha 100 000 ta follower (obunachilari) bor profilda lenta reklama narxi $800 dollardan boshlanadi. ☺️ Mazzami silaga, mazzami?

👉 @BOLADIMI – kanaliga obuna bo’ling.

Оставьте комментарий