Internetdagi anonimlik uchun maxsus brauzerlar

DO`STLARGA ULASHING:

Barcha ommabop brauzerlar foydalanuvchilarning ma’lumotlarini to‘playdi. Qidiruv so‘rovlari asosida, kirilgan veb-sahifalar, o‘qilgan maqolalar, ko‘rilgan videolavhalar asosida foydalanuvchining «raqamli dose»si yaratiladi, u foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari, qiziqishlari va hatto siyosiy qarashlarini ham o‘z ichiga oladi.
Bularning barchasi, asosan, shaxsga yo‘naltirilgan – ayni shu foydalanuvchiga qiziq bo‘ladigan reklamani, yangiliklarni va boshqa narsalarni unga ko‘rsatish uchun qilinadi. Ko‘pchilik bunga xotirjam qaraydi, hatto buni qulaylik deb hisoblashadi. Ammo yana bir toifa odamlar borki, o‘zi haqidagi, uning odatlari va qiziqishlari haqidagi ma’lumotlarni kimdir to‘plab yurishi va saqlab qo‘yishini yoqtirmaydi.
Aynan shu ikkinchi toifadagi kishilar uchun maxsus brauzerlar yaratilgan – ular foydalanuvchining internet to‘lqinlari aro anonim kezishini ta’minlaydi.
Tor Browser
Operatsion tizimlar: Windows, Mac, Linux.
Internetdagi maxfiylik masalalari bilan qiziquvchilar orasida Tor tarmog‘i xususida eshitmaganlari bo‘lmasa kerak. Bu – marshrutizatorlar tarmog‘i va maxsus dasturiy ta’minot bo‘lib, internetdagi syorfing vaqtida foydalanuvchining shaxsini aniqlashga imkon qoldirmaslik maqsadida yaratilgan.
https://youtu.be/JWII85UlzKw
Tor tarmog‘idan foydalanish uchun ko‘plab dasturlar bor, ammo bu ishni Tor Browser yordamida amalga oshirish osonroq va xavfsizroqdir. Siz biror nimani o‘rnatishingiz yoki sozlashingiz umuman talab etilmaydi.
Brauzerni hatto fleshkadan ham ishga tushirsa bo‘ladi, u to‘liq sozlangan va ish boshlashga hamisha tayyor turadi.
Epic Browser
Operatsion tizimlar: Windows, Mac.
Epic Browser qandaydir o‘ta yuksak texnologiyalarni taklif qilmaydi. Bu shunchaki Chromium yig‘ilmalaridan biri bo‘lib, foydalanuvchining kuzatuvdan yashirinishini ta’minlovchi kengaytmalar va sozlamalarni o‘z ichiga olgan. Siz o‘zingiz ham brauzeringizni shu tariqa sozlashingiz mumkindir balki, biroq shundoqqina hammasi o‘rnatilgan va sozlangan tayyor brauzerni olib ishlatish baribir qulayroq.
SRWare Iron
Operatsion tizimlar: Windows, Mac, Linux, Android.
Agarda Chrome ishlatayotgan bo‘lsangiz, u holda SRWare Iron interfeysi sizga juda tanish ko‘rinadi. U ham Chromium loyihasi kodiga asoslangan, xuddi Google kompaniyasining brauzeri singari.
https://youtu.be/IMs81kk1iKM
Chrome’ga mo‘ljallangan barcha kengaytmalar SRWare Iron’da ham bemalol ishlaydi, shu bois siz o‘rganib qolgan biror kengaytmadan voz kechishingiz shart bo‘lmaydi. Asosiy farqi – sizning «raqamli dose»ngizni tuzish uchun Google foydalanadigan unikal identifikator bu brauzerda yo‘q. Agarda SRWare Iron ishlatsangiz, shaxsingizni aniqlash imkoni bo‘lmaydi.
Comodo IceDragon
Operatsion tizimlar: Windows, Mac, Linux.
Comodo IceDragon aslida Firefox brauzerining maxsus versiyasidir. U ham, xuddi «ona»si kabi, tizimga kam og‘irlik yuklashi va yuqori tezligi bilan ajralib turadi, ammo bulardan tashqari internetdagi xavflardan kuchliroq himoyalangan.
Undagi Siteinspector havolalarni tekshirish funksiyasi hali biror sahifaga kirmasingizdanoq uning xavfsizligini tekshirib chiqadi. Brauzerga o‘rnatilgan Secure DNS servisi esa fishing, viruslar va tajovuzkor reklamalari mavjud bo‘lgan saytlarni bloklab qo‘yadi. Comodo kompaniyasi mutaxassislari tomonidan dasturga kiritilgan maxsus vositalar maxfiylikning saqlanishini nazorat qilib boradi va shaxsiy ma’lumotlarning sizib chiqishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Manba: www.Terabayt.uz

Оставьте комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован.

ArabicChinese (Traditional)EnglishFrenchGermanHindiKazakhKyrgyzRussianSpanishTajikTurkishUkrainianUzbek