IPOTЕKA KRЕDITI BO‘YICHA YANGI FARMON E’LON QILINDI.

DO`STLARGA ULASHING:

IPOTЕKA KRЕDITI BO‘YICHA YANGI FARMON E’LON QILINDI.
⚡️ Bundan bir muddat oldin ya’ni, 2-dekabr kuni davlatimiz rahbari aholining ipoteka uylari olishlari va ularga subsidiyalar ajratilishi bilan bog‘liq masalada videoselektor yig‘ilishi o‘tkazgan edi. Videoselektorda mazkur soha qoniqarli darajada emasligi va tez orada ushbu soha isloh qilinishini aytgan edi. Mana oradan bir xafta o‘tib videoselektorda aytilganidek o‘zgarish bo‘ldi.
📃 Prezidentning 09.12.2021 yil kuni PF–33-son “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.
❗️ Farmonga ko‘ra, 2021 yil 10 dekabrdan:
🟢 Daromadi yuqori bo‘lmagan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj fuqarolarga ipoteka krediti bo‘yicha subsidiyalarni to‘lashda kvartira maydonining eng ko‘p me’yorini belgilash amaliyoti bekor qilinadi; (Eski tartib bo‘yicha shunday cheklov bor edi)
🟢 Dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun subsidiyalar – qat’iy belgilangan 32 million so‘m miqdorida, foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar – birinchi 5 yil davomida 10 foizdan oshgan qismiga to‘lanadi. (Eski tartibda subsidiya miqdori qat’iy summada belgilanmagan edi)
🟢 Subsidiyalar sotib olinayotgan kvartiraning narxi ipoteka kreditining eng ko‘p miqdoridan oshgan taqdirda ham to‘lanadi. Bunda, kvartiraning narxi ipoteka kreditining eng ko‘p miqdoridan oshgan taqdirda, qiymatning qolgan qismi qarz oluvchi tomonidan o‘z mablag‘lari hisobidan to‘lanadi. (Oldin ipoteka kreditining eng ko‘p miqdoridan oshganda subsidiya to‘lanmas edi)
🟢 Fuqarolarga ipoteka kreditini olishda, birgalikda qarz oluvchi sifatida ular bilan birga yashamayotgan va yaqin qarindoshi bo‘lmagan boshqa shaxslarni ham jalb qilish huquqi beriladi. (Eski tartib bo‘yicha faqat ular bilan birga yashaydigan yaqin qarindoshlar birgalikda qarz oluvchi bo‘la olardi)

Оставьте комментарий

ArabicChinese (Traditional)EnglishFrenchGermanHindiKazakhKyrgyzRussianSpanishTajikTurkishUkrainianUzbek