DO`STLARGA ULASHING:
IPOTЕKA KRЕDITLARI QANCHA MUDDATGA BЕRILADI.
⚡️SAVOL;
Men subsidiya asosida uy-joy olmoqchi edim. Men olayotgan uyning boshlang‘ich to‘lovini bir qismi uchun menga subsidiya to‘lab berilsa, to‘lovlarning qolgan qismini qancha muddatda to‘lashim kerak ?
⚡️JAVOB;
Prezidentning 11.03.2021 yil kungi PF-6186-son farmonida, Moliya vazirligi tijorat banklariga pul mablag‘larini hamda tijorat banklari aholiga ipoteka kreditlarini 6 oylik imtiyozli davr bilan 20 yil (yigirmanchi yilni ham qo‘shgan holda) muddatga ajratishi ko‘rsatilgan.
🟢 Yuqoridagi asosga ko‘ra, Siz uy-joyning qolgan to‘lovlarini 20 yil davomida to‘lab borishingiz mumkin. 20 yil davomida xar oyda qancha miqdorda to‘lov to‘lab borishingiz kerakligi olgan uyingizni bahosiga qarab to‘lov grafigingizda ko‘rsatiladi.