» Insonga e’tibor va sifatli ta’lim,» haqida sherlar

DO`STLARGA ULASHING:

Kuni kecha hurmatli Prezidentimizning Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga murojaatnomasini barchamiz hayajon ila tingladik,bu murojaatnomada biz Yurtboshimizni otashqalb xalqimizga beqiyos mehrlarini yurakdan chuqur his qildik.

Kelajagi yorug‘ Vatanim

» Insonga e’tibor va sifatli ta’lim,»
Bu yilim nomidan shodlandi dilim,
Kelajagi yorug‘, boqiy elimda,
Abadiy yashnagay baxt, saodat, ilm.

Dono Yurtboshimning murojaatnomasi,
Baxsh etdi, mehribon xalqimga qudrat.
Hali ko‘p ulug‘vor ishlardan yashnab,
Vatanim shodlikka burkangay albat.

Yurtboshim aytgandek, jadid bobolar,
Ijodin o‘qisa yoshlar kuch olib.
Hayotda yashasang bo‘lib chin inson,
Bo‘lsang har sohada muzaffar g‘olib.

Yangi yil omadli kelsin bo‘lib hur,
Shogirdlar ilmdan taratsin bir nur.
Yaxshilik ezgulik sochib bir yog‘du,
Qalblardan so‘nmasin bir umr surur!

✍️ Baxtiyor Yo‘ldoshev
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi.

Оставьте комментарий