Mehnat va Ish quroli haqida topishmoqlar javobi bilan

DO`STLARGA ULASHING:

Mehnat qilishga doir hamda ish qurollari haqida eng sara va qiziqarli topishmoqlar to’plami barcha yoshdagi insonlar, o’quvchilar, kattalar va bolalar uchun.
1. Yer tagida quyruq boradi.
Topishmoqning javobi
Omoch.
2. Urdim, gup etdi,
Yer tagiga kirib ketdi.

Topishmoqning javobi
Ketmon.
3. Ketaveradi, ketaveradi,
Tog‘day joyni buzib keladi.
Topishmoqning javobi
Omoch.
4. Bir qushim bor ajoyib,
Don cho‘qiydi yeyolmaydi,
Qanot qoqadi, ucholmaydi.
Topishmoqning javobi
Juvoz.
5. Metalim matti,
Qulog‘i qatti.
Qulog‘iga qattiq tepdim,
Yalpayib yotdi.

Topishmoqning javobi
Bel.
6. Tushgan yerini uzar.
Topishmoqning javobi
Ombur.
7. U nimadir, quv yog‘ochdan og‘zi bor,
U nimadir, o‘rtasida mag‘zi bor,
U nimadir, yelkasida og‘zi bor,
U nimadir, suv ostida qimirlar.
Topishmoqning javobi
Tegirmon.

8. Sen urmasang, u urmas.
Topishmoqning javobi
Ketmon.
9. To‘rda turgan to‘rt yigit,
To‘rtovi ham mard yigit.
Topishmoqning javobi
Cho‘p savag‘ich.
10. Boradir, boradir,
Oyog‘ini ko‘tarib yotadir.
Topishmoqning javobi
Zambil.
11. Qora tuya qaltiraydi,
Qobirg‘asi yaltiraydi.

Topishmoqning javobi
Arra.
12. Yozda yurar,
Qishda yotar.
Topishmoqning javobi
Chig‘iriq.
13. Yugurib, chaqqon o‘tadi,
Tagidagin o‘ldirib ketadi.
Topishmoqning javobi
Ketmon.
14. G‘oz qaqillab o‘tar,
Qanoti sharqillab o‘tar.
Topishmoqning javobi
Moki.
15. Mening kuchugim hovullaydi,
Qorni to‘q bo‘lsa aylanadi.

Topishmoqning javobi
Chig‘iriq.
16. O‘zi jonsiz,
Ishga polvon.
Topishmoqning javobi
Ketmon.
Sabzavot va poliz ekinlari haqida topishmoqlar
17. Yer ostida g‘olton guldiraydi.
Topishmoqning javobi
Tegirmon.
18. Tushgan yerini kesar.

Topishmoqning javobi
Tesha.
19. Kelib og‘zini ochar,
Tishlab olib qochar.
Topishmoqning javobi
Ombur.
20. Tomda turib karnay chaldim,
Tovushi Qo‘qonga ketdi.
Topishmoqning javobi
Tegirmon duti.
21. G‘it-g‘it deydi, ishlaydi,
Yerga kukun tashlaydi.
Topishmoqning javobi
Arra.
22. Bizning uyda to‘rt kampir,
To‘rtovi ham mard kampir.

Topishmoqning javobi
Savag‘ich.
23. Oqqina tovuq somon sochar.
Topishmoqning javobi
Panshaxa.
24. Yer tagida oy yurar.
Topishmoqning javobi
Omoch.
25. Qorong‘i tomning ichida
Polvon akam ikki oyoq bilan tepadi.
Topishmoqning javobi
Juvoz.
26. Qat-qat mening cho‘ntagim,
Qatlama mening cho‘ntagim,
Yetti yerdan to‘y qilsa,
To‘ymas mening cho‘ntagim.
Topishmoqning javobi
Tegirmon.
27. Bir yog‘iga qor yog‘adi,
Bir yog‘iga do‘l yog‘adi.

Topishmoqning javobi
Halloji.
Daraxtlar, o‘simliklar va mevalar haqida topishmoqlar
28. Charchamas kampir ko‘rdim, yolg‘iz oyoq,
Og‘ziga tashlab olgan cho‘pdan tayoq.
Yurgan sari belbog‘ini qavatlaydi,
Beribdi unga go‘zallikni ayamayoq.
Topishmoqning javobi
Urchuq.
29. Oqqina kuchuk xov-xov etdi,
Qorni to‘yib ag‘nab ketdi.
Topishmoqning javobi
Urchuq.
30. O‘zi yerning tagida,
Kuchi yerning ustida.
O‘ttiz ikki og‘ayni,
Bir-birining ustida.
Topishmoqning javobi
Chig‘iriq.
31. Biznikida bitta kishi,
Og‘zida qirqta tishi.

Topishmoqning javobi
Jun tarog‘i.
32. Ikki qo‘chqor urishar,
Qumalog’i tushar.
Topishmoqning javobi
Halloji.
33. U yoqqa o‘tadi qizgina,
Bu yoqqa o‘tadi qizgina,
Qulog’iga halqa taqib,
Shildirab o‘tadi qizgina.
Topishmoqning javobi
Moki.
34. Egiladi, bukiladi,
Mevalari to‘kiladi.
Topishmoqning javobi
Chig‘iriq.
35. Yigirma besh og‘ayni,
Bir-birining izida.
Topishmoqning javobi
Chig‘iriq.

36. Sariboy akam saqtali,
Ikki oti no‘xtali.
Topishmoqning javobi
Charx.
37. Og‘zi yo‘q,
Tishi ko‘p.
Topishmoqning javobi
Arra.
38. Yer ostida boy boradi.
Qulog‘ida loy boradi.
Topishmoqning javobi
Omoch.
39. Ko‘p yeydi, tez yeydi,
Mayda chaynaydi.
O‘zi yuta olmaydi,
O‘zgalarni to‘ydiradi.
Topishmoqning javobi
Tegirmon.
40. Qorong‘i uyda ko‘p polvon olishadi.

Topishmoqning javobi
Cho‘p savagich.
41. Qorong‘i saroyda buzoq shiqirlab og‘zidan ko‘pik sochadi.
Topishmoqning javobi
Tegirmon.
42. Guv-guv etadi,
Marg‘ilon ketadi.
Topishmoqning javobi
Urchuq.
43. G‘uv-g‘uv etar,
Qorni to‘ysa yumalab ketar.
Topishmoqning javobi
Urchuq.
44. Bir jumbog‘im bor boshdan,
Joni temir, toshdan.
Zuhra xola, yuguravering,
Usta tosh o‘ldi ochdan.

Оставьте комментарий