Islom tarixidan qiziqarli maʼlumotlar

DO`STLARGA ULASHING:

  • AQSHdagi birinchi masjidni 1893 yili mahalliy musulmon Muhammad Aleksandr Rassel Vebb qurdirgan. Ibodatgoh qurilgan joy hozir Manhetten shahrining markazi hisoblanadi.
  • Mavjud maʼlumotlarga koʻra, Shimoliy Amerikaga birinchi musulmon 1539 yili kelgan. U hozirgi Arizona shtatini oʻrganishni niyat qilgan Friar Markos de Nizga yoʻlboshchilik qilgan.
  • Kanadada musulmonlar sonining ortishi:

1871 y. – 13 ta,

1901 y. – 400 ta,

1911 y. – 1500 ta,

1951 y. – 3000 ta,

1991 y. – 253 260 ta,

2001 y. – 579 640 ta.

 

  • Kasablankadagi Hasan Ikkinchi masjidi dunyodagi eng baland azon minorasiga ega.
  • AQSHda musulmonlar sonining ortishi:

1900 y. – 10 000 ta,

1970-yillarning oʻrtalari – 800 000 ta,

1990-yillarning oʻrtalari – 4 500 000 ta,

1995 y. – 5 100 000 ta,

2000 y. – 5 730 000 ta.

  • Tibbiy xizmatni litsenziyalash ilk bor musulmon olamida yoʻlga qoʻyilgan. Xalifa Abbos tibbiyot sohasi darajasini belgilash maqsadida shaxsiy tabibi Iso ibn Yusufni imtihon oʻtkazishga buyurgan. Sinovdan oʻtolmagan shifokorlarga bu kasb bilan shugʻullanish taqiqlangan. Imtihonni 860 kishi muvaffaqiyatli topshirgan xolos, qolgan yuzlab tabiblar ishlarini davom ettirish huquqidan mahrum boʻlgan.
  • Tang imperiyasiga tegishli qadimgi qoʻlyozmalarda Paygʻambarimizning (sollallohu alayhi va sallam) sahobasi Saad ibn Abu Vaqqos haqida maʼlumotlar bor. Xitoy imperatori Yung Vey Islom dini mahalliy taʼlimotlarga zid emas deb hisoblab, Guanchjou shahrida Xitoydagi ilk masjid qurilishiga ruxsat bergan. Oradan oʻn toʻrt asr oʻtdi, ushbu masjid hali ham nodir yodgorlik sifatida saqlanib turibdi.
  • Ispaniyaning Qurdoba viloyatidagi mashhur uchta tegirmonni XII asrda musulmonlar loyihalashtirgan va ishga tushirgan. Ular 1950 yilgacha ishlab turgan.

 

Orifjon Madvaliyev tayyorladi.

 

2011

 


“Islom nuri” gazetasida chop etilgan.

Оставьте комментарий