Istalmagan homiladorlikdan saqlanish usullari

DO`STLARGA ULASHING:

Sogʻlom naslni dunyoga keltirish uchun va onaning organizmini quvvatga kirib olishi uchun farzandlar orasidagi muddatni saqlash lozim. Homiladorlikdan saqlanishning bir nechta usullar mavjud. Qay birini tanlash esa ayolning sogʻligʻiga va hohishiga bogʻliq. Bugun shular haqida maʼlumot beraman.
💏EMIZISH. Bundan oldingi mavzuda emizish homilador boʻlishga toʻsqinlik qiladi degan fikrlarni uchratdim. Bu qaysidir maʼnoda toʻgʻri. Bolangizni faqat emizib katta qilayotgan boʻlsangiz homilador boʻlish imkoniyati past boʻladi. Chunki sut ishlab chiqarishga javobgar prolaktin garmoni homila paydo boʻlishiga toʻsqinlik qiladi. Eʼtibor bergan boʻlsangiz☝️» faqat koʻkrak suti» bilan deb yozdim. Bolangizga qoʻshimcha ovqatlar bera boshlasangiz homilador boʻlish imkoniyati yuqorilab boraveradi. Sababi oddiy: bolangiz qoʻshimcha ovqat yeyapti,👉 nisbatan kam emiyapsiz, 👉sut kelishi ham kamayadi, 👉prolaktin garmoni ham kamroq ishlab chiqariladi👉 homilador boʻlish imkoniyati koʻpayadi.☝️Lekin bu usul 100%ishonchli degani emas. Hammani organizmi har xil ishlaydi. Shuning uchun homiladorlikdan saqllovchi boshqa samaraliroq usullardan foydalanganingiz maqul.
.
💏BACHADON ICHKI VOSITASI-SPIRAL. Uning ham bir nechta: mis, kumush, tilladan tayyorlangan turlari mavjud boʻlib asosan <T> shaklida boʻladi. Toʻgʻri qoʻyilsa 5 yigacha homiladorlikdan aʼlo darajada himoya qiladi. Spiral bachadon ichiga qoʻyilgach, u urugʻ hujayralarini harakatiga toʻsqinlik qilib tuhum hujayrani urugʻlanishiga toʻsqinlik qiladi.
.
💏HIMOYOLOVCHI REZINA- PREZIRVATIV. Homiladorlikdan saqlovchi samarali vosita hisoblanib, jinsiy yoʻl bilan yuquvchi teri tanosil va OITSdan kasalliklaridan ham saqlaydi.
.
💏GORMONAL KONTRASEPTIYA. Bu usulning tabletka 💊va ineksiya💉 turlari bor. Ular tarkibidagi progesteron gormoni tuhum hujayrani yetilishini susaytirib, bachadon boʻyi shilligʻini quyuqlashtiradi. Natijada spermatozoidlarning harakatiga toʻsqinlik qiladi. Urugʻlangan hujayra esa bachadonga yopisha olmaydi va homiladorlik yuzaga kelmaydi.🙅🤰 Gormonal preparatlarni qabul qilishning bir sharti bor. Tabletkalarni har kuni bir hil vaqtda ichish lozim. 1 kun boʻlsa ham tabletka ichishni qoldirsangiz homiladorlik yuzaga kelishi mumkin. Agar tabletka ichish vaqti yodingizdan koʻtarilsa 12 soat mobaynida unutgan tabletkani ichishingiz kerak boʻladi. Yoki keyingi ichishingizda birdaniga 2 ta tabletkani ichishingiz ham mumkin. Qolganini odatdagiday davom etiraverasiz. Ehtiyot yuzasidan eringiz bilan 1-2 kun yaqinlik qilmay turganingiz maqul. Ineksiyasi esa turlariga qarab 3 oyda yoki 6 oyda 1 marta qilinadi.
.
💏SHOSHILINCH KONTRASEPTIYA. Himoyalanmagan jinsiy aloqadan keyin homilador boʻlmaslik uchun 72 soat mobaynida ichiladigan gormonal tabletka. Himoyasiz yaqinlikdan soʻng qancha tez qabul qilinsa samaradorligi shuncha yuqori boʻladi.
.
💏KREM, SALFETKA, SHAMCHA VA TAMPONLAR. Bular homiladorlikdan saqlovchi kimyoviy vosita hisoblanib, samaradorligi 75% foyiz boʻladi. Krem va shamchalar yaqinlikdan 10 daqiqa oldin qoʻyiladi. Salfetka va tamponlar esa yaqinlikdan keyin ishlatiladi.
.
💏BACHADON STERILIZATSIYASI. Bu ayol roziligi bilan oʻtkaziladigan kichik jarrohlik amaliyoti boʻlib, bunda ayol bachadon naychalari kesib, bogʻlanadi. Bunday amaliyotdan soʻng ayol hech qachon qaytib homilador boʻla olmaydi.

Оставьте комментарий