Jaloliddin Ahmadaliyev Ketavering yalinmayman (qo`shiq matni)

DO`STLARGA ULASHING:

Jaloliddin Ahmadaliyev Ketavering yalinmayman (qo`shiq matni)

Ohlarim sizga yetmas
Dardlarim birov bilmas
Quchganim tikon, dilmas
Ketavering, yalinmayman

Sizni sevay o‘lgunimcha
To paymonam to‘lgunicha
Qiyomatda ko‘rgunimcha
Ketavering, yalinmayman

Yuragim o‘zi dardmand
Armonim bo‘ydan baland
Berdingizmi siz ham pand?
Ketavering, yalinmayman (2x)

Ortingizdan qarayman jim
So‘zlamoqqa yo‘qdir tilim
Ortingizdan qarayman jim
So‘zlamoqqa yo‘qdir kuchim

Baxt tilash ham meni burchim
Ketavering, yalinmayman (2x)

Yuragim o‘zi dardmand
Armonim bo‘ydan baland
Berdingizmi siz ham pand?
Ketavering, yalinmayman (2x)

To‘xta desam bo‘lmaydi-da
G‘ururim yo‘l qo‘ymaydi-da
Lekin sevgim o‘lmaydi-da
Ketavering, yalinmayman

Baxt tilayman sizdek qizga
Yuragimni qo‘yib muzga
Rahmingiz hech kelmay bizga
Ketavering, yalinmayman

Nima bo‘lsam o‘zim bo‘lay
Ishqim yo‘lida o‘lay
Baxtli bo‘ling, bir bor ko‘ray
Ketavering, yalinmayman (2x)

Yuragim o‘zi dardmand
Armonim bo‘ydan baland
Berdingizmi siz ham pand?
Ketavering, yalinmayman (2x)

Ketavering, yalinmayman (3x)

Оставьте комментарий