Jaloliddin Ahmadaliyev 19 yil Qo`shiq matni

DO`STLARGA ULASHING:

Jaloliddin Ahmadaliyev 19 yil Qo`shiq matni

Qismat hasratimga qo‘ydi uch nuqta
Ko‘ksimni yondirdi lovullagan cho‘g‘
Bitta ko‘rib olay bir nafas to‘xta
Ko‘zingni men qaytib ko‘ramanmi, yo‘q

To‘xta qaytib beray mehringni ol ma
Endi begonasan jonim tasadduq
Xalaqit bermayman xavotir olma
Sen tushgan joylarga kelamanmi, yo‘q

Hay-har o‘lan, jon o‘lan, jonim o‘lan
Yor-yor aytib beray to‘yingda sho‘x-sho‘x
Lekin birov ko‘rsa nima der ekan?
Shu uchun to‘yingga ham boramanmi, yo‘q (2x)

Hazil niyatmas ortiqcha aldov
Xohlasang qalbimni qoldiray to‘liq
Endi menga ko‘ngil kerak bo‘lmasov
Men yana birovni sevamanmi, yo‘q

Afsus, afsuslar ham anduhdek malol
To‘g‘ri nishoniga borib tekkan o‘q
Yaxshisi yig‘latma, kel kuldiraqol
Kim biladi boshqa kulamanmi, yo‘q

Hay-har o‘lan, jon o‘lan, jonim o‘lan
Yor-yor aytib beray to‘yingda sho‘x-sho‘x
Lekin birov ko‘rsa nima der ekan?
Shu uchun to‘yingga ham boramanmi, yo‘q (2x)

Faqat sen baxtiyor bo‘lishing kerak
Menmi, bir gap bo‘lar, ko‘nglingni qil to‘q
19 yoshimda qon bo‘ldi yurak
Hali yigirmaga kiramanmi, yo‘q

Hay-har o‘lan, jon o‘lan, jonim o‘lan
Yor-yor aytib beray to‘yingda sho‘x-sho‘x
Lekin birov ko‘rsa nima der ekan?
Shu uchun to‘yingga ham boramanmi, yo‘q
Shu uchun to‘yingga ham boramanmi, yo‘q

Оставьте комментарий