Jigarni yog‘ bosishi

DO`STLARGA ULASHING:

Jigarni yog‘ bosishi
(Yog‘li gepatoz)

Organizmda jigar filtr vazifasini bajaradi, ovqatni energiyaga aylantiradi va qonni tozalaydi. Biz iste’mol qilayotgan hamma narsa jigar orqali o‘tadi.

Jigarni yog‘ bosish kasalligi xavf guruhiga quyidagilar kiradi:
— Ortiqcha vazn (tana massasi indeksi 25 dan yuqori) Qorinni semirib ketishi xavfli (beliga yog‘ to‘planganda). Bel aylanasi 88 sm dan oshishi mumkin emas!
— Qonda xolesterin yoki triglitseridlar miqdorini oshishi.
— Qandli diabet 2–tip. Qonda glyukoza miqdorining 6,1 mmol/l dan yuqori bo‘lishi.
— Tez vazn yo‘qotish, haddan tashqari qattiq diyetalar ham potensial xavfli hisoblanadi.

Profilaktikasi
Jigar — o‘z-o‘zini tiklaydigan organ. Kasallikni dastlabki bosqichida to‘g‘ri taomlanish va turmush tarzini o‘zgartirish kifoya. Yog‘li jigar kasalligida O‘rta yer dengizi diyetasi mos keladi.

Ko‘proq: sabzavotlar, baliq, don iste’mol qiling.
Kamroq: yog‘li, sho‘r va shirin.

Taomlanish ilmi (https://t.me/joinchat/UFtOc0gAG-8iTHN6)

Оставьте комментарий