Jinsiy aloqada ayollar uchun maslahatlar!

DO`STLARGA ULASHING:

jinsiy aloqada ayollar uchun maslahatlar!

1. Ko’rishga ruxsat bering! Barcha erkaklar ko’z bilan sevadi, biz buni bilamiz. Va ko’pchilik honimlar erkaklarning bunday umidlarini chiroyli ko’rinish oqlashga harakat qiladi. Yotoqda — barchasi aksincha. Bu tushunarli, chunki kiyim-kechak bilan yaxshi tomonlarga urg’u berishdan ko’ra ko’proq kamchiliklarimizni yashirishga harakat qilinadi. Ushbu maslahatni «birinchi talabga binoan o’zini borini ko’rsatish» deb qabul qilishingiz kerak emas. Tanangizni eng yaxshi tomondan ko’rsata olish — butun boshli ilm sanaladi. Bundan tashqari, unga yoqish uchun samimiy istak bo’lishi kerak. Va eng muhimi, o’zlarini namoyish qilishdan zavqlanadigan ayollar ko’proq lazzat oladilar.

2. Birinchi boshlang. Bunday tavsiya jinsiy rollarning odatiy taqsimlanishini aniqlaydigan stereotiplarini hisobga olganda g’alati tuyulishi mumkin. Biroq, ishtirokchilarning har biri uchun, jins jihatidan qat’iy nazar, har qanday jinsiy aloqa harakati ehtiroslantirish bosqichini o’z ichiga olishi kerak. Unday bo’lsa, nega uni birinchi bo’lib ehtiroslantirmaslik kerak ekan? Ishonch bilan tashabbusni o’z qo’lingizga oling — erkak sizga juda minnatdor bo’ladi.

3. O’z lazzatlanishingizni unutmang. Ha, to’g’ri — xudbin bo’ling, chunki sizga nafaqat yaxshi, balki mukammal jinsiy aloqa kerak. Haqiqat oddiy: bugun u «eplay olganligi» va sizga yoqganligidan olingan ruhiy tasalli erkaklar uchun mo’jizani amalga oshiradi. Bu juda muhim. Siz uning turmush o’rtog’i yoki oddiy tanishi bo’lasizmi, u sizni chiroyli deb biladimi yoki sizga hech qachon aytmaydigan ba’zi arzlari bormi — buning barchasi ahamiyatsizdir, agar siz birgalikdagi sa’y-harakatlarni o’zingizga kerak bo’lgan tomonga yo’naltira olsangiz. Jinsiy aloqa juda zo’r bo’ldi! Siz esa u uchun takrorlanmas va go’zal yor bo’lib sanalasiz. Va bunda umuman ahamiyati bo’lmaydi — taom tayyorlashni bilasizmi yoki yo’q.
Jinsiy aloqada ayol lazzatlanishi haqida batafsil→

4. Muloyim bo’ling. Bir tomchi ayol nozikligi, eng brutal machoni ham yumshoqqina mushukka aylantirishi mumkin. Aynan muloyimlik munosbatlarni ma’no bilan to’ldiradi va shunchaki instinktiv jisniy aloqani sevgi-muhabbatning bir qismiga aylantiradi. Va buning o’rtasida katta farq bor, rozi bo’ling.

5. Bu maslahat erkaklarga berilgan tavsiyaga o’xshaydi: harakat qiling.Chunki harakat — bu hayot, shu jumladan jinsiy ham. Erinchoq bo’lmang, unga yordam bering — axir, erkaklar boshqa tanlovga ega emaslar, lekin uzoq vaqt davomida pastga yoki tepaga harakatlanish, qiya holda o’tirib-turish va boshqa harakatlar tanaffussiz yetarli darajada qiyin bo’ladi. Bunda sizning tom ma’noda ishtirok etishingiz aloqalar soni oshirishga yordam beradi, hech qanday shubhasiz, jinsiy aloqa sifatini ham.

@andrology_uz 🚑
www.andrology.uz 🌎

Оставьте комментарий

ArabicChinese (Traditional)EnglishFrenchGermanHindiKazakhKyrgyzRussianSpanishTajikTurkishUkrainianUzbek