Julaybib as-Sahobiy

DO`STLARGA ULASHING:

Julaybib Bani Sa’laba qabilasidan, ansorlarning amirlaridan. Kunlardan bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ansoriylaridan bir kishiga: «Ey falonchi, qizingni menga turmushga ber», dedilar. U kishi: «Bosh ustiga», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : «O‘zimga emas, Julaybib uchun so‘radim», degan edilar, u: «Unday bulsa, xotinim bilan maslahatlashib olay», dedi. U xotinining oldiga borib: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qizingning qo‘lini so‘rayaptilar», degan edi, xotini: «Bosh ustiga», dedi. Eri: «O‘zlariga emas, Julaybib uchun so‘rayaptilar», dedi. Shunda xotini: «Alloh nomiga qasam, Julaybibga qizimni uzatmayman», dedi. Otasi qizini uzata olmasligini aytgani Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga ketayotganida, qizi parda ortidan: «Menga kim sovchilik qildi?» deb so‘rab qoldi. Otasi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam birovga so‘radilar», dedi. Qizi: «Sizlar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning iltimoslarini rad etmoqchimisizlar? Meni Rasululloh talab etgan joylariga uzatinglar, chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga xayrli ishni ravo ko‘radilar», dedi. Otasi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga borib: «Ey Allohning Rasuli, qizimni Julaybibga nikohlab qo‘yavering», dedi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam g‘azotlardan birida: «Ichingizdan biror kishini yo‘qotib qo‘ymadilaringmi?» deb so‘ragan edilar, sahobalar: «Yuq», deyishdi. Mana shu savol-javob bir necha bor takrorlangach, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Men Julaybibni yo‘qotib qo‘ydim, uni o‘liklar orasidan qidiringlar», dedilar. Ular qidirib, Julaybibning jasadini topishdi. U mushriklardan yetti kishini yer tishlatgach, uning o‘zini ham o‘ldirishgan edi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Julaybib yetti mushrikni o‘ldirdi, keyin uni o‘ldirishdi», dedilar. So‘ng uning jasadini muborak yelkalariga ortmoqlab olib ketdilar-da, nariroqda qabr kavlab, ko‘mdilar. Julaybibning murdasi tobut ko‘rmay, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning yelkalaridanoq qabrga tushdi.
Siyrat.uz
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning davrlarida Julaybib ismli sahoba bo‘lgan. Qorachadan kelgan, bo‘yi past, oddiy kiyimda, uyi yo‘q, yegulikka biror narsa topsa yer, bo‘lmasa ro‘za tutar, to‘shagi yer, yopinchig‘i osmon, yostig‘i esa ikki kovushi edi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning masjidlari oldidagi suffada hayot kechirardi.
Bir kuni Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam sahobalari bilan o‘tirgan edilar. Julaybib roziyallohu anhu ularning oldidan o‘tib ketayotgan edi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Anavi kim bilasizlarmi?» dedilar. Sahobalarning aksari uning hatto ismini ham bilishmadi. Uyi yo‘q, joyi yo‘q odamni kim ham tanirdi. Chunki Julaybibga o‘xshagan odamlar ko‘rinmay qolsa yoki bir joyga ketib qolsa, hech kim qidirmas, bor yo‘qligi bilinmasdi. Oddiy odam edi.
U zotning o‘zlari: «Bu Julaybib», dedilar. Uni chaqirib: «Ey Julaybib, uylanmaysanmi?» dedilar. Julaybib roziyallohu anhu ahvolidan nolimadi, men qiynalib qolganman, deb shikoyat qilmadi. Biroz qarab turdida:
«وَ مَنْ يُزَوِّجُ جُلَيْبِبًا وَلاَ مَالَ وَلاَ جَاهَ فِي الدُّنْيَا»
«Yo Rasululloh! Na moli bor va na mansabi bor Julaybibga kim ham qizini berardi bu dunyoda?» dedi.
Bu holat yana ikki marta takrorlandi. «Ey Julaybib uylanmaysanmi?»deganda, Julaybib yana o‘sha so‘zini takrorladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Falonchi ansoriyning uyiga bor va: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sizlarga salom aytdilar va qizingizni menga turmushga berar ekansizlar, shuni yetkazishimni menga tayinladilar», degin», dedilar. Julaybib roziyallohu anhu payg‘ambarimiz aytganlaridek qildi. Haligi ansoriy sahoba nima deyishga hayron. Qizi ansoriyya ayollarning eng go‘zali, Julaybib esa na moli bor, na chiroyi bor, ko‘rimsiz oddiy qorachadan kelgan, buning ustiga boshpanasi ham yo‘q edi.
Julaybibga qarab: «Qanday qilib qizimni senga beraman, na moling bor va na ishing», dedi. Sahobiyning ayoli ham eriga: «Qizimizni mana shu Julaybibga beramizmi?» dedi va uni ortiga qaytarmoqchi bo‘lishdi. Shunda oqila, soliha, obida qiz:
«كَيْفَ هَذَا! أَوَتَرُدَّانِ رَسُولَ رَسوُلِ اللهِ؟ وَاللهِ إنِّي أجَزْتُ زَوَاجِ»
«Ey Otajon, ey onajon, qanday qilib Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning nomlaridan sovchi bo‘lib kelgan kishini qaytarasizlar. Allohga qasamki, men mana shu insonga turmushga chiqaman», deb unga turmushga chiqishga rozi bo‘ldi. To‘y bo‘ldi. Visol kunining birinchi kechasi yaqinlashayotgan paytda jarchi: «Din himoyasi uchun chiqinglar», deb nido qildi. Julaybib Madinadagi eng go‘zal, chiroyli ayolini eng shirin lahzalarda tark qilib askarlar safiga qo‘shilib din va musulmonlar himoyasi uchun ketdi. Jangda musulmonlar g‘alaba qozondi. Lekin yo‘qotishlar bo‘ldi. Ba’zi sahobalar o‘ldi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam jang maydoniga kelib sahobalarni birin-ketin qidira boshladilar. Falonchi o‘libdi, falonchi o‘libdi, deb o‘lgan sahobalarni sanab chiqishdi. Lekin biror kishi Julaybibni tilga olmadi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam:
«ألاَ تَفْقِدُ حَبِيبًا؟»
«Habibni ya’ni do‘stni yo‘qotmadingizmi?» dedilar. Sahobalar hayron. Hamma vafot etgan mashhur sahobalarni sanab chiqishgan edi. Ular: «Kim ekan u siz aytayotgan do‘st, ey Allohning Rasulu?» deyishdi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam:
«أَفْقِدُ حَبِيبِي جُلَيْبِبًا»
«Men do‘stim Julaybibni qidirayapman», dedilar. Jang maydonidan Julaybibning jasadini qidirib topdilar. Uning boshini muborak tizzalariga qo‘ydilar va:
«أنْتَ مِنِّي و أنَا مِنْكَ، أنْتَ مِنِّي و أنَا مِنْكَ، أنْتَ مِنِّي و أنَا مِنْكَ»
«Sen mendansan va men sandanman! Sen mendansan va men sandanman! Sen mendansan va men sandanman!» dedilar. Bir pas turib boshlarini boshqa tomonga burdilar. «Nima uchun boshimni boshqa tomonga burganimni bilasizlarmi? dedilar. Ular: «Yo‘q», deyishdi. «Allohga qasamki, Julaybibning hurdan bo‘lgan xotinlari bag‘riga bosish uchun talashib kelayotganini ko‘rdim. Va Julaybibning rashki yodimga tushib yuzimni boshqa tomonga burdim», dedilar» (Sahih Muslim», «Musnad Ahmad», «Shu’abul iymon» va «Sahih Ibn Hibbon»).
Mana iymonida sodiq, taqvodor Julaybib Alloh nazdida qadrli edi! Garchi o‘zi yashab turgan hududda yon atrofidagi odamlar Julaybib roziyallohu anhuni yaxshi tanimasada, osmondagi farishtalar uning nomini tilga olishar edi.
Jobir Elov | Muslim.uz

13 комментариев к “Julaybib as-Sahobiy”

  1. Уведомление: https://chicaswebcamgratis.com/modelo/chaturbate/moonless_/

  2. Уведомление: https://jcme.ca/improve-your-focus-and-concentration-15-ways-to/

  3. Уведомление: credit card dumps

  4. Уведомление: buy colt guns

  5. Уведомление: What is scrum velocity

  6. Уведомление: sbo

  7. Уведомление: magic mushroom chocolate bar recipe

  8. Уведомление: passive income

  9. Уведомление: rehab facility

  10. Уведомление: find more

  11. Уведомление: click reference

  12. Уведомление: Creative booth design

  13. Уведомление: สล็อต ฝากถอน true wallet เว็บตรง 888pg

Комментарии закрыты.