Kapsula nimadan qilinadi?

DO`STLARGA ULASHING:

Kapsula nimadan qilinadi?

Aksar islom dini vakillari kapsulali dorilarni extiyotkorrroq bo‘lib iste’mol qilishadi. Sababi kapsula ko‘pincha jelatindan tayyorlanadi. Jelatin esa cho‘chqa terisi yoki katta shoxli buqalardan olinadi. Aynan mana shu qo‘rquv tufayli ko‘p savol berishadi.

Cho‘chqa terisidan olingan jelatin nega afzal xisoblanadi?

— sanoat miqiyosida olishga imkon bor. Cho‘chqani ko‘paytirish va boqish oson
— organizmga yaxshi singiydi, reaksiya bermaydi.

⚡️ Ammo keyingi yillarda farmatsevtik bozorni yuqoridagi e’tirozlarni inobatga olib

— baliqlardan olingan jelatin
— kraxmal qobiqli kapsula
— agar agar suv o‘tidan qilingan kapsulalar keng qo‘llanilmoqda.

Ammo bulardan olingan jelatin biroz qimmatroq va jarayon qiyinroq kechadi. Shu sababli dori tannarxi ko‘tariladi.

Shu tufayli arzon dorilar qobig‘ida xanuzgacha klassik jelatin ishlatilmoqda.

Eng katta umid sintetik jelatindan. Sintetik jelatin organizmga singishi qiyin ammo arzon va ko‘p ishlab chiqarsa bo‘ladi. Kelajakda tez va oson singuvchi sintetik jelatin butunlay dori bozorni egallasa kerak.

Ma’lumotni yaqinlar bilan bo‘lishing.

Оставьте комментарий