Kimlar pensiyani muddatidan avval olishga haqli?

DO`STLARGA ULASHING:

Kimlar pensiyani muddatidan avval olishga haqli?

— Quyidagi shaxslar:
✅ 58 yoshga to‘lgan va ish staji kamida 25 yil bo‘lgan erkaklar;
✅ 53 yoshga to‘lgan va ish staji kamida 20 yil bo‘lgan ayollar

— Quyidagi hollarda:
mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar, ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi munosabati bilan ishdan ozod etilgan va ishsiz deb e’tirof etilganda yoshga doir pensiyani muddatidan oldin olish huquqiga ega bo‘ladilar.

Оставьте комментарий