Kimlar temir daftardan chiqarib yuboriladi.

DO`STLARGA ULASHING:

Kimlar temir daftardan chiqarib yuboriladi.

✔️ Ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir oilalar quyidagi hollarda «Temir daftar»dan chiqariladi:

? bandligi ta’minlangan yoki doimiy daromad manbaiga ega bo‘lganda;

? bir martalik moddiy yordam ko‘rsatish orqali muammosi hal etilganda oila a’zosining roziligi bilan;

? malakali tibbiy xizmat ko‘rsatilganda;

? to‘liq davlat ta’minotiga olinganda («Mehribonlik», «Saxovat» va boshqa ixtisoslashtirilgan muassasalarga o‘tkazilganda);

? aniqlangan boshqa muammolari qonuniy hal etilganda;

? yolg‘iz yashaydigan ehtiyojmand fuqaro ozodlikdan mahrum etilganda yoki vafot etganda;

? oila a’zosining murojaatiga asosan;

? «Temir daftar»ga noqonuniy kiritish holati aniqlanganda;

? boshqa davlatlarga doimiy yashash uchun chiqib ketganda.

? ikki va undan ortiq masalalarini hal etish uchun kiritilgan oilalarning barcha masalalari to‘liq hal etilganda.

? Doimiy va vaqtincha yashash uchun respublikaning boshqa hududiga ko‘chib o‘tganda,

❗️Belgilangan tartibda va yuqoridagi holatlardan tashqari temir daftardan chiqarilishingiz noqonuniy xisoblanadi.

Оставьте комментарий