Huquqlaringizni talab qiling!

DO`STLARGA ULASHING:

Huquqlaringizni talab qiling!

— Juda ko’p odamlar o’z huquqlari uchun kurashmaydi. Ular bu odam bilan «teng» kelamanmi degan ibora bilan o’z huquqlarini talab qilmaydilar.

— Agar o’z huquqlaringiz uchun kurashmasangiz, boshqa biror kimsa siz uchun harakat qilmaydi. Siz davlat idoralaridagi yugur-yugurlarni, qog’ozbozlik va vaqt masalasini o’ylashingiz mumkin. Lekin siz manashu bosqichlardan o’tingki, huquqbuzar boshqa bunday harakat qilamasin va qolganlarga ham ibrat bo’lsin.

— Sizning qonunchiligimiz bo’yicha istalgan davlat idorasiga murojaat qilishga haqqingiz bor. Ularning esa, hech qachon fuqarolarning murojaatlariga loqaydlik bilan yondashishga haqlari yo’q. Agar murojaat boshqa joyga jo’natilishligi kerak bo’lsa, ular sizni o’sha davlat organiga yo’naltiradi.

— Xulosa sifatida shuni aytishimiz mumkinki, agar sizda kechirimlilik xislati bo’lsa, bu yaxshi va huquqbuzarni kechirish o’zingizga bog’liq. Ammo sizda unga munosib javob berish yo’li ham bor.

Оставьте комментарий