Ko‘k piyozli quymoq

DO`STLARGA ULASHING:

Zarur masalliqlar: 200 ml qatiq, 200 gr un, 1 ta tuxum, 1 bog‘ ko‘k piyoz, yarim choy qoshiq iste’mol sodasi, yarim choy qoshiq tuz, 100 ml o‘simlik yog‘i.
Tayyorlanishi: qatiqqa iste’mol sodasi solib aralashtiriladi va unga tuz, tuxum, un qo‘shiladi. Hosil bo‘lgan masalliq yaxshilab aralashtirilib, unga ta’bga qarab ko‘k piyoz solinadi. Past olovda tovada qizigan yog‘da ikki tomoni yaxshilab pishiriladi. Tayyor bo‘lgan quymoq ta’bga qarab smetana yoki yogurt bilan dasturxonga tortiladi.
Yoqimli ishtaha!
D. AZIMOVA
soglom.uz/tavsiya/kok-piyozli-quymoq/

Оставьте комментарий