Kompyuterni taymer bo’yicha o’chiramiz

DO`STLARGA ULASHING:

⏳ Kompyuterni taymer bo’yicha o’chiramiz

Taymer bu — siz biror vaqt berasiz shu vaqtdan so’ng, kompyuter o’zi o’chadi. Bu juda qulay narsa, misol uchun, siz ishxonada katta hajmdagi fayllarni nusxalashga komanda berib qo’ydingiz va uyga ketish kerak bo’lib qoldi, taxminiy ko’chirish tugash vaqtini aniqlab, taymer qo’yasiz va ko’chirish ham tugaydi, kompyuter ham o’chadi.

Bloknot dasturini ochamiz(Win+R ➡️ notepad), uning ichiga quyidagi skriptni yozamiz:

set /p daqiqa=»Daqiqa kirit: »
set/A soniya=%daqiqa%*60
shutdown -s -f -t «%soniya%»

Shundan so’ng, bu faylni saqlaymiz, saqlash davomida faylga nom beramiz(misol uchun shut) va kengaytmasini .bat qilib beramiz. Shunda, fayl quyidagicha saqlanadi: shut.bat

☝️Ahamiyat bering, fayl shut.txt yoki shut.bat.txt bo’lib saqlanib qolinmasin.

Bu skriptning vazifasi, sizdan daqiqa kiritishni so’raydi, siz kiritgan daqiqani soniyaga o’tkazadi va shu soniyadan so’ng, nima qilayotganingizdan qat’iy nazar kompyuterni o’chiradi.
Agar kiritgan soniyangiz davomida, siz kompyuterni o’chirishni istamay qolsangiz, quyidagi komanda bilan skriptni to’xtatishingiz mumkin:

shutdown -a

🤝 Tabriklayman, siz hozirgina birinchi dasturingizni yaratdingiz, endi siz ham dasturchisiz😎). Quyida, postga video ilova (https://t.me/planetait/326) qilaman, matn bilan uncha tushunmasangiz demonstratsiyani o’zingiz ko’ring.

Оставьте комментарий

ArabicEnglishFrenchGermanKazakhKyrgyzRussianTajikTurkishUzbek