Windows tizimini qayta o’rnatishdan oldin, nimalarni saqlab qolish lozim

DO`STLARGA ULASHING:

Windows tizimini qayta o’rnatishdan oldin, nimalarni saqlab qolish lozim

Odatda, operatsion tizim C diskka o’rnatiladi, bu degani C diskdagi kerakli fayllarni saqlab qo’yish muhim, lekin shu kerakli fayllar qayerda saqlanishni ko’pchilik bilmaydi. Bundan tashqari, ba’zi sozlashlarni ham yozib olish kerak.
Demak, Windows tizimini qayta o’rnatishdan oldin quyidagilarni saqlab qoling:

1. Ish stoli(» Рабочий стол»). Ko’pchilik ish stolida kerakli fayllarni saqlashni yaxshi ko’rishadi, vaholanki tizim qayta o’rnatilganda, bu fayllar o’chib ketadi. Shu sababli ish stolidagi barcha fayllarni boshqa diskka(misol uchun D disk) ko’chirib oling. Ish stolidagi fayllar quyidagi manzilda saqlanadi:
C:\Users\foydalanuvchi_nomi\Desktop

2. Download(«Загрузки»). Bu yerda asosan, internetdan ko’chirib olgan fayllaringiz saqlanadi, bu fayllar ham sizga kerak(kerak bo’lmaganda, internetdan traffik ketkazib ko’chirib olmagan bo’lardingiz), ularni ham boshqa disk yoki tashqi saqlash qurilmasiga saqlab oling, tizim o’rnatilganda, bular ham o’chib ketadi. Manzili:
C:\Users\user\Downloads

3. «Корзина». Ba’zilarni bilaman, vaqtinchalik kerak emas fayllar, ko’z oldimda turmasin deb, «корзина»ga vaqtinchalik tashlab qo’yishadi, shu fayllar ham qolib ketmasin.

4. AppData. Bu joyda siz o’rnatgan dasturlar, o’yinlar sozlashlari saqlanadi. Agar tizimni qayta o’rnatganingizdan so’ng, oldin o’rnatgan dasturlarni o’rnatsangiz, sozlashlarni shu katalogdan oladi, demak, sozlashlar uchun vaqt ketkazmalik uchun, bu katalogni ham biror joyda saqlang. Bir narsaga ahamiyat bering, AppData katalogi berkitilgan bo’ladi. Uning adresi:
C:\Users\user\AppData

Kerakli fayllarni saqlab oldik, endi kerakli sozlashlarni saqlaymiz.

1. Agar kompyuteringiz simli internet yoki tarmoqqa ulangan bo’lsa, kompyuter ishlatayotgan IP, MAC, Shlyuz adreslarni biror joyga yozib qo’ying.
2. Agar siz torrent saytlar bilan ishlasangiz, torrent fayllarni ham saqlab qoling.
3. Brauzerdagi vkladkalarni saqlang. Kerakli saytlarni esda saqlamaslik uchun, brauzerga vkladka qilib saqlab qo’yiladi. Operatsion tizim qayta o’rnatilganda, brauzer ham o’chadi va vkladkalar ham o’chib ketadi. Har bir brauzerda vkladkalarni export qiladigan menyusi bor, shundan foydalaning.
4. O’rnatilgan kompyuter drayverlarini saqlab qoling. Operatsion tizim qayta o’rnatilgandan keyin, drayverlarni qayta qidirib yurmaslik uchun ularni saqlab qoling. Qanday saqlash haqida keyingi postlarda yozib o’taman.
5. Barcha o’rnatilgan dasturlarni nomini biror joyga yozib qo’ying, tizim o’rnatilganda barcha dasturlar o’chib ketadi, keyin ro’yhat bo’yicha dasturlarni o’rnatib chiqasiz.

Yuqoridagilar asosiy saqlash lozim bo’lgan narsalar, qo’shimchasiga kompyuter ishlatilishiga qarab, internetga ulanish uchun parol, Wi-Fi parol, reestr ma’lumotlari va boshqalarni ham saqlab qo’yish mumkin.

Оставьте комментарий

ArabicChinese (Traditional)EnglishFrenchGermanHindiKazakhKyrgyzRussianSpanishTajikTurkishUkrainianUzbek